Главная » Yangiliklar » 14.06.2014 Toshkentda zilzila kuzatildi
14.06.2014 Toshkentda zilzila kuzatildi

14.06.2014 Toshkentda zilzila kuzatildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 14.06.2014 Toshkentda zilzila kuzatildi
  • Дата релиза: 14-06-14, 13:11
14.06.2014 Toshkentda zilzila kuzatildi
Bugun soat taxminan 9:02 da Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi.

Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi saytida ushbu zilzila bo‘yicha hozircha ma’lumotlar yo‘q.

“Toshkent” seysmologiya stansiyasiga bog‘lanib, batafsil ma’lumot olishga harakat qilamiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandda ham zilzila sezilgan.

Zilzila paytida nima qilish kerak?

» Bino ichida bo‘lsangiz, stol yoki stul tagiga kirib oling. Shu yo‘l bilan tepadan qulashi mumkin bo‘lgan narsalardan (masalan, devor parchasidan) himoyalanasiz;
» Eshik tagida (eshik joylashgan oraliqda) turib oling. Ular binoning boshqa qismlariga qaraganda mustahkamroq bo‘ladi;
» Agar tashqarida bo‘lsangiz, bino, daraxt, suv yoki elektr simlariga yaqin bormang. Elektr uzatkichlari suvga qulashi natijasida unga yaqin turganlar uchun o‘ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin;

» Mashinada bo‘lsangiz, mashina ichidan chiqmang. Lekin u bino, devor yoki boshqa qulashi mumkin bo‘lgan obyekt yaqinida turgan bo‘lsa, tashqariga chiqib, avtomobilingiz yonida cho‘kkalab turing.
» Zilzila to‘xtaganidan keyin ham xavfsiz joydan chiqmasdan, biroz kutib turing.

Shuni yodda tutingki, zilzila vaqtidagi birlamchi qoida bu — vahimaga tushmaslikdir. Shunday ekan, barchangizga osoyishtalik tilab qolamiz!
Логин:
Пароль: