Главная » Yangiliklar » 14 yoshli amerikalik qiz internetni haqoratlardan tozalash yo‘lini topdi
14 yoshli amerikalik qiz internetni haqoratlardan tozalash yo‘lini topdi

14 yoshli amerikalik qiz internetni haqoratlardan tozalash yo‘lini topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 14 yoshli amerikalik qiz internetni haqoratlardan tozalash yo‘lini topdi
  • Дата релиза: 08-08-14, 23:20
14 yoshli amerikalik qiz internetni haqoratlardan tozalash yo‘lini topdi

Chikagolik maktab o‘quvchisi Trisha Prabxu internetni o‘smirlar qoldirayotgan haqoratomuz xabar va izohlar (trolling)dan tozalash yo‘lini topdi. O‘zining mazkur loyihasi bilan 14 yoshli Trisha Google Science Fair ilmiy tanlovining finaliga chiqdi. Bu haqda Hitech.vesti.ru xabar bermoqda.

 Trisha Prabxu haqorat yozayotgan foydalanuvchiga izohni tarmoqqa joylashdan avval yana bir bor o‘ylab ko‘rishni taklif qiladigan Rethink (“Qayta fikrla”) tizimini ishlab chiqdi.

 Ma’lum bo‘lishicha, bosh miyaning hissiyotlarga mas’ul bo‘lgan prefrontal qobig‘i rivojlanishining o‘ziga xos kechishi bois o‘smirlar o‘ta ta’sirchan bo‘ladi (qobiq 25 yoshdagina to‘liq rivojlanib bo‘ladi). Agar ichki hissiyotlar biroz so‘ndirilib, muallifga o‘ylab ko‘rish taklifi bildirilsa, haqorat internetga joylanmasligi mumkin. Rethink tizimi tekshirilganda, u tahqirlab yozilgan xabarlarning 93,43 foizi tarmoqqa kiritilishidan saqlab qoldi.

 Trishaning dasturini ijtimoiy tarmoqlar va saytlardagi izohlar bo‘limida qo‘llash mumkin. Rethink internetni yoqimli va tinch makonga aylantira oladi, deyiladi xabarda.

 Trisha Prabxu Google Science Fair ilmiy tanlovi finalining 18 nafar ishtirokchilaridan biriga aylandi. Tanlov natijalari sentabr oyida e’lon qilinadi. Agar Google Trishaning loyihasini g‘olib deb topsa, uni moliyalashtirish uchun 50 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratiladi

Логин:
Пароль: