Главная » Yangiliklar » 19 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
19 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

19 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 19 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
  • Дата релиза: 18-12-18, 18:36
19 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 19 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 19 dekabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanadi). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor yog`adi). G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanadi). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin). Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining 1800 metrdan baland tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: