1 fevraldan Toshkentda chiqindilarni tashish uchun to'lov miqdori oshiriladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: 1 fevraldan Toshkentda chiqindilarni tashish uchun to'lov miqdori oshiriladi
- Дата релиза: 19-01-19, 03:21
2019 yilning 1 fevralidan boshlab, Toshkentda qattiq maishiy va suyuq holdagi chiqindilarni aholi, tashkilot va korxonalardan olib chiqib ketish ta`rifi oshiriladi. Bu haqda "Maxsustrans" Davlat ishlab chiqarish boshqarmasi ma`lum qildi.
Unga ko`ra, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish – jismoniy shaxslardan: bir kishi uchun bir oyga - 4500 so`m etib belgilandi. Hozirgi kunda bir kishi uchun oylik to`lov 3900 so`mni tashkil qilgandi.
Bundan tashqari, qattiq holdagi chiqindilarni to`plash va olib ketish:
byudjet tashkilotlaridan 1 m3 uchun – 53989,56 so`m
xo`jalik hisobidagi tashkilotlardan 1m3 uchun – 53986,56 so`m
Suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish:
byudjet tashkilotlaridan 1 tonnasiga – 20174,12 so`m
xo`jalik hisobidagi tashkilotlardan 1 tonnasiga – 20174,12 so`m etib belgilandi.
ND-310 rusumli avtomobillarda chirindilarni qayta yuklash stansiyalaridan
( Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod ChKYuSh ) “Ohangaron” chiqindi xonasigacha olib borish 1-tonnasi uchun – 15015,8 so`m.
Manba: Darakchi.uz