2018 yilning birinchi choragida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: 2018 yilning birinchi choragida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashdi
- Дата релиза: 04-04-18, 22:40
Respublika hududlari bo`yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan narxlar dinamikasini kuzatish natijalari, asosiy iste`mol tovarlari narxlarining 2018 yil 1 choragida barqarorlashganini ko`rsatmoqda.
MB ma`lumotlariga ko`ra, kuzatish savatiga kiritilgan iste`mol tovarlari narxlari 2018 yil 1 choragida o`rtacha 1%ga oshdi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar va fevral oylarida ushbu tovarlar guruxi o`rtacha narxlarini oshishi 0,6 va 0,7 foizni tashkil qilgan bo`lsa, mart oyida esa narxlarining 0,4 foizga pasayishi kuzatilgan, bu o`z o`rnida o`rganilayotgan tovarlar narxlarini asta-sekin pasayishi va barqarorlashayotganini ko`rsatmoqda.
Xususan, hududlar bo`yicha yig`ilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2018 yilning yanvar – mart oylari davomida piyoz – 46,4 foizga, tuxum – 23,3 foizga, shakar – 10 foizga, kartoshka – 6,2 foizga, guruch – 4,2 foizga, o`simlik yog`i – 3,2 foizga, bug`doy uni – 2,2 foizga, sabzi – 1,8 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, go`sht narxi – 1,1 foizga oshdi.
Nooziq ovqat mahsulotlari orasida kiyim-kechaklar narxi – 4,9 foizga, oyoq kiyimlar – 3,8 foizga, televizor – 7,8 foizga, changyutgich – 4,4 foizga va sovutgich – 3,5 foizga pasayishi kuzatilgan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra 2017 yilning 1 choragida yuqorida ko`rsatilgan mahsulotlar narxlarida o`sish qayd etilgan. Xususan, piyoz – 47,2 foizga, kartoshka – 27,2 foizga, tuxum – 3,1 foizga, sabzi – 1,9 foizga, o`simlik yog`i – 1,5 foizga, shakar – 1,4 foizga, bug`doy uni – 0,6 foizga, go`sht va parranda – 0,5 foizga, kiyim kechak – 2,9 foizga, oyoq kiyim – 2,1 foizga, sovutgich – 4,8 foizga, televizor – 3,3 foizga, changyutgich – 2,4 foizga qimmatlashgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida almashuv kursini barqarorligi, pul massasini past sur`atlarda o`sishi iqtisodiyotda iste`mol mahsulotlari narxlari o`zgarishiga monetar omillar ta`sirining oldini olishga hamda narxlarning taklif omillari hisobiga shakllanishiga xizmat qildi, deyiladi Markaziy bank xabarida.
Jumladan, valyuta almashuv kursi 0,5 foizga mustahkamlandi, ma`lumot uchun ushbu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davrida 10 foizga qadrsizlangan.
2018 yilnig 1 choragida umumiy pul massasi 1 foizga oshdi (2017 yilning shu davrida 7,6 foizga oshgan). Muomaladagi naqd pullar hajmi esa 6 foizga kamaydi (2017 yilning shu davrida 21 foizga oshgan).
Shuningdek, oldingi yillarda raqobat muxitini etarli darajada rivojlanmaganligi narxlarning mavsumiy tebranishlarini keltirib chiqargan bo`lsa, joriy yilning o`tgan davrida ichki iste`mol bozorida, xususan import tovarlar sotilishida raqobat muxitini bosqichma-bosqich yaxshilanishi mavsumiy tebranishlarni yumshatishga xizmat qildi.
Markaziy bank tomonidan aholi va tadbirkorlik sub`ektlari orasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra joriy yil boshidan iqtisodiyotda sezilgan va kutilayotgan inflyasiya darajasi oyma-oy pasaymoqda. Ichki bozorda kundalik ehtiyoj uchun zarur bo`lgan tovarlar taklifi barqarorligini hamda narxlar o`sishiga ta`sir etuvchi boshqa fundamental asoslar mavjud emasligini inobatga olib, Markaziy bank narxlar keskin o`sishiga ob`ektiv sabablar mavjud emas deb hisoblaydi.
Manba: Darakchi.uz