2030 yilda 60ga yaqin kasblar yo'qolib ketishi mumkin
- Категории: Yangiliklar
- Название: 2030 yilda 60ga yaqin kasblar yo'qolib ketishi mumkin
- Дата релиза: 05-10-18, 20:51
Ilgari robot desa, jonsiz, ammo Alovuddinning sehrli chirog`idagi qul kabi har qanday istagingizga “labbay”, deb turuvchi bir matohni tushunardik. O`sha jonsiz deganimiz robotga bugun aql, his-tuyg`u ham jo qilindi, endi uning odamdan nima farqi qoldi ekan?
Texnologiyalar olamida sun`iy aql degan tushuncha paydo bo`ldi-yu, ko`pchiligimiz dunyoga boshqacha ko`z bilan qaray boshladik. Sun`iy aql, bu – insoniy fikrlashni simulyasiya qiladigan texnologiya bo`lib, u orqali dastur va mashinalar nostandart ijodiy vazifalarni bajara olishi va mavjud ma`lumotlarga asoslanib, yangi ma`lumotni ishlab chiqishi mumkin. Sun`iy aqlga ega bo`lgan mashina kun sayin rivojlanib, yangi axborotlarni qabul qilishga o`ch o`smirga o`xshaydi va oxir-oqibat u nimaga o`rgatilganiga ko`ra qaror qabul qiladi.
Smart texnologiyadan ko`zlangan maqsad “oqilona” ish tutishga qodir ekspert tizimlarini yaratish. Uni insoniy fikrlashning “kloni”, desak ham bo`lar: o`rgansin, ko`rsatma bersin, tushuntirsin, xatolarni tuzatsin, maslahat bersin... xullas, “odam”ga aylansin.
Yaratilish tarixi
Sun`iy intellekt shakllanishi fanning alohida sohasi sifatida o`tgan asrning 50-yillarida boshlangan. 1950-yili “Mind” jurnalida ingliz tilshunos olimi Alan Tyuringning “Aqlli mashinalar va ong” maqolasi chop etiladi. U odam, robot va uchinchi shaxs (savol beruvchi, u ham odam) o`rtasida tajriba o`tkazdi. Unga ko`ra, savol beruvchi robot va odamni ko`rmagan holda savol berishi va kimning kimligini aniqlashi lozim bo`lgan. Natijada robot savollarga to`g`ri va tez javob berib, insonni ortda qoldirgan. Mazkur testni o`tkazishdan maqsad esa, sun`iy aqlning qodirlik darajasini bilish edi. Bu tajriba keyinchalik fan olamida “Tyuring testi” nomi bilan mashhur bo`ldi.
O`tgan davr mobaynida bu sohada tinimsiz va uzluksiz izlanishlar olib borildi, olimlar muvaffaqiyatli natijalarga erishdi. Jumladan, 1997 yili 11 mayda IBM kompaniyasi tomonidan yaratilgan Deep Blue shaxmat o`yiniga mo`ljallangan super kompyuter shaxmat bo`yicha jahon chempioni Garri Kasparovni mag`lubiyatga uchratdi. Devid Fruchchi rahbarligida yaratilgan IBM Watson sun`iy aql egasi esa inson ovozini qabul qilib, savollariga javob qaytaradi. MYCIN qondagi infeksiyalar, meningit va bakteriemiya kasalliklarini aniqlash maqsadida 1970 yillarda Stenford universiteti olimlarining olti-etti yillik zahmati natijasida dunyo yuzini ko`rdi. Robotlar shu darajada ko`payib ketdiki, 1993 yili RoboCup (Robot Soccer World Cup) – robotlar o`rtasida futbol bo`yicha jahon chempionatiga asos solindi.
2000 yillarga kelib sun`iy aql jamoatchilikka xizmat ko`rsatish maskanlarida keng tarqaldi, turli sohalarda ishni engillashtiruvchi “xodim”ga aylandi: bir qarasangiz, kasalliklarga tashxis qo`ygan, jumboqli masalalarga echim topgan, savdo-sotiqni boplagan, bir qarasangiz, his-tuyg`ularingizni o`rganib, odamdek sizga muomala qilgan (Kismet), Antarktidaning odambormas joylariga borib, tuproqni tadqiq qilgan, meteoritlarni topgan (Nomad roboti). Yana biri, Sofiya ismlisi esa Saudiya Arabistoni fuqarosiga aylanib olgan-u, odamlarni yo`q qilishini aytgan... Xullas, qayoqqa qaramang, robot, robot, robot...
Kunda-kun ora sun`iy aql egalarining hayratomuz yangiliklarini eshitamiz: Rembrandtdan kam rasm chizmaydigan robot yaratildi, odamdan tez o`qiy olarkan, xitoyliklarning eng murakkab o`yini bo`lmish Goda g`olib chiqibdi va hokazo, hokazo...
Tanganing ikki tomoni
Nima uchun dunyoning ko`plab davlatlarida hukumat robotlardan foydalanishga ruxsat berdi? To`g`ri, savolga salbiy yoki ijobiy munosabat bildirish qiyin, ammo tan olish kerakki, sun`iy aqlning odamlarga keltirayotgan foydasi ham ancha-muncha. Masalan, saraton kasalligini aniqlash, oldini olish, xonadon xavfsizligini ta`minlash, virtual yordamchi sifatida biznesni rivojlantirish (Siri, OK-Google), qo`l mehnatini avtomatlashtirish (xat etkazishdan aviachipta sotib olishgacha), ishlab chiqarishni engillashtirish, odamlarni turli xavflardan asrash (zavodlarda shikastlanish va o`lim holatlarining oldini olish, og`ir mehnatdan xalos etish), robototexnika (koinot, dengiz tubi va er yadrosini o`rganish)da sun`iy aqlga ishonish mumkin.
Ammo tanganing ikkinchi tomoni undan-da hayratlanarli. Fantast-yozuvchilar sun`iy aqlning his qilish va yaratish funksiyalari ishga tushsa, uni insoniyat to`xtata olmasligini bashorat qilishmoqda. Texnologiya olamining “otalari” – fizik-nazariyotchi Stiven Hoking, Microsoft korporasiyasi asoschisi Bill Geyts, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask odamlar super intellektual mashinalar ustidan nazoratni yo`qotishi, ularning foydasidan zarari ko`proq ekanidan xavfsirashgani ham rost.
Ilon Maskning aytishicha, aqlli robotlar bir kunmas-bir kun odamzodni qirib tashlaydi. Uning xavflilik darajasi yadro qurolinikidan ham yuqori. Stiven Hoking esa, oddiy robotlar foyda keltirayotgani rost, ammo ertaga ular o`zini o`zi takomillashtirishga tushsa, unda odamzod hech nima qilolmaydi, ularning evolyusion tezligi bilan musobaqada engilamiz, deya ogohlantirgan. Bill Geytsning fikricha, avvaliga ular bizga foyda keltiradi. Bir necha o`n yillardan so`ng esa, faqat zararini ko`ramiz. Unda kech bo`ladi. Ayrim odamlarning bundan xavfsiramasligiga tushunmayman, deydi u.
ABBYY kompaniyasi asoschisi va boshqaruvi raisi David Yanning “Sun`iy aql asalaridan ham omiroq. Hozircha!” deyishida jon bor. Negaki, chivinlarning asab tizimi 500 ming neyrondan iborat, bu ko`rsatkich asalarida 800 ming, itda 160 million, va nihoyat odamda 85 milliardni tashkil etadi. Zamonaviy kompyuter tizimlaridagi neyronlar soni esa bor-yo`g`i bir necha ming, ayrim hollardagina millionga etishi mumkin. O`z-o`zidan ayonki, sun`iy aql itdan 100, odamdan 100 ming barobar aqliy ojiz ekan. Endi o`ylab ko`raylik, asalaridan ham omi bo`lgan robotning bugungi karomatlari shu bo`lsa, odamniki bilan tenglashganda, dunyo qay ko`rinishda bo`ladi?
Yaqin kelajakka sayohat
Mashhur futurolog va Google kompaniyasi texnik direktori Reymond Kursveylning ta`kidlashicha, aqlli texnologiyalar2030-2040 yillarga borib inson miyasi bilan bellasha oladi, hatto o`zib ham ketadi. Keyingi 20 yil ichida dunyo manzarasi qay ko`rinishda bo`lishiga qiziqyapsizmi? Unda futurolog Reymond Kursveyl bashoratlariga boqing:
2022 yil – Amerika va Evropada odamlar va robotlar munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinadi. Robotlar faoliyati, huquq va majburiyatlari qonun doirasida chegaralanadi.
2024 yil – insonning kompyuter-yordamchisi bo`lmagan avtomobilni boshqarishi taqiqlanadi.
2025 yil – inson gadjet-implantatlarni o`rnatadi.
2027 yil – murakkab harakatlarni bajara oluvchi shaxsiy robotlar muzlatgich yoki gaz plitasi singari kundalik buyumga aylanadi.
2031 yil – kasalxonalarda inson organlarini chop etish uchun 3D-printerlar ishlatiladi.
2033 yil – yo`llar o`zini o`zi boshqaruvchi avtomobillarga to`ladi.
2038 yil – robotlashgan odamlar paydo bo`ladi. Ular qo`shimcha aql (misol uchun, inson miyasi ojizlik qiladigan, ma`lum bir tor doiraga qaratilgan) va turli implantatlar (ko`z kameralaridan qo`shimcha qo`l protezlariga qadar) bilan “qurollangan” bo`ladi.
2040 yil – qidiruv mexanizmlari inson tanasiga joylashtiriladigan gadjetlar uchun asos bo`ladi. Tadqiqot fikr yordamida amalga oshiriladi.
2043 yil – ko`p sonli nanorobotlar tufayli inson tanasi har qanday shaklga kirishi mumkin. Ichki organlar kibernetik qurilmalar bilan almashtiriladi.
2044 yil – sun`iy aql biologik aqldan milliard marta aqlliroq bo`ladi.
2045 yil – Er yagona gigant kompyuterga aylanadi.
Jurnalistlar, kasbingizni o`zgartiravering!
Oksford universiteti tadqiqotchilarining taxmin va bashoratlariga ishonadigan bo`lsak, yaqin kelajakda dasturlashning asosiy ko`nikmalari hamda bir necha tilni bilmay turib, yashab qolish qiyin. McKinsey Global Institute ma`lumotlariga qaraganda, hozirda kasblarning 5 foizi avtomatlashtirilgan. Ammo yaqin kelajakda robotlar 60 foiz kasb faoliyatining uchdan bir vazifasini mukammal ado eta oladi. Olimlarning fikricha, 2030 yilgacha 57 ta mutaxassislik yo`qoladi. Jumladan, hisobchi, statistika bo`yicha mutaxassis, stenograf/kriptograf, kopirayter, kutubxonachi, gid, tahlilchi, pochtachi, YPX inspektori, yuk poezdi haydovchisi, konchi, tikuvchi, ofisiant... va nihoyat jurnalist.
Ishonmayapsizmi? “Bloomberg” kompaniyasi o`z tahririyatining bir qismini allaqachon sun`iy aqlga almashtirdi, ular birja yangiliklarini odam-jurnalistlarga qaraganda tez va chiroyli taqdim etar ekan. “Financial Times” gazetasi 2016 yili vakolatli muxbiri hamda aqlli robot “Emma” o`rtasida musobaqa-tajriba o`tkazdi. Bosh muharrir ikki maqoladan qaysi biri muxbiriga, qaysinisi Emmaga tegishli ekanini topishi lozim edi. Xullas, bunday bo`ldi: Britaniyada ishsizlik mavzuidagi maqolani Emma 12 daqiqada, jurnalist esa 35 daqiqada yozib tugatdi! Shuningdek, robotning maqolasida fakt va raqamlar ko`p keltirilgan. “Stealth” startap mahsuloti bo`lgan Emma yozadi va bajaradi, hozircha “miya”dan mosuvo. Shu boismi, jurnalistning maqolasi robotnikidan muvaffaqiyatliroq chiqqan. Demak, hozircha odam-jurnalistlarga ehtiyoj bor.
Xulosa qilib aytganda, inson aql-tafakkuri o`ziga dushman bo`ladimi yo do`st, buni vaqt ko`rsatadi. Ammo kelajakda kutilayotgan hodisalarga har tomonlama tayyor turish, ogoh va sergak bo`lish lozim.
Sevara Alijonova, O`zA
Manba: Darakchi.uz