Главная » Yangiliklar » 21 iyul kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
21 iyul kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

21 iyul kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 21 iyul kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
  • Дата релиза: 20-07-18, 18:53
21 iyul kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25, kunduzi 39-41 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, cho`l hududlarida 30 darajagacha, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-21, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: