Главная » Yangiliklar » 27 dekabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
27 dekabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

27 dekabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 27 dekabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
  • Дата релиза: 26-12-18, 19:12
27 dekabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 dekabr kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o`rtasida, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o`rtasida, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq bilan 2 daraja iliq o`rtasida, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

26 dekabr kuni Toshkent viloyatining 1500 metrdan baland tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

2018 yilning 27-31 dekabr va 2019 yilning 1-5 yanvar kunlari respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: