Главная » Yangiliklar » 30 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
30 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

30 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 30 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
  • Дата релиза: 29-01-18, 18:33
30 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 5-10, Ustyurt bo`ylab kechasi 20-25, kunduzi 10-15 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5, cho`l hududlari bo`ylab kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: