Главная » Yangiliklar » 6 fevral kuni qor yog'ib, tuman tushishi mumkin
6 fevral kuni qor yog'ib, tuman tushishi mumkin

6 fevral kuni qor yog'ib, tuman tushishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: 6 fevral kuni qor yog'ib, tuman tushishi mumkin
  • Дата релиза: 06-02-19, 00:29
6 fevral kuni qor yog'ib, tuman tushishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Xorazm viloyatida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Samarqand viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: