85 yoshli hindistonlik ayol o‘g‘rilarni o‘tirib-turishga majbur qildi
- Категории: Yangiliklar
- Название: 85 yoshli hindistonlik ayol o‘g‘rilarni o‘tirib-turishga majbur qildi
- Дата релиза: 25-07-14, 01:56
Hindistonning Ratlam shahrida istiqomat qiluvchi 85 yoshli ayol uyiga bostirib kirgan o‘g‘rilarga qarshilik ko‘rsatdi. Bu haqda Bhaskar nashri xabar berdi.
Huquq-tartibot organlari xodimlar kelguniga qadar keksa ayol o‘g‘rilarga chelak va tayoq bilan zarba bergan. Politsiya uchastkasida shaxslarni kimligini aniqlash jarayonida esa jazo sifatida ularni o‘tirib-turishga majbur qilgan.
Aniqlanishicha, o‘g‘rilar uyga kirishga urinayotganda ayolni uyg‘otib yuborgan. Avvaliga kampir ularga qarata chelak otgan. O‘g‘rilardan biri uning qo‘lidan ushlab qolgach esa, ayol tayoq bilan ura boshlagan. Bir necha daqiqada yetib kelgan politsiyachilar shovqinni eshitgan qo‘shnilar tomonidan chaqirilgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u yolg‘iz yashaydi. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, to‘rt nafar farzandi esa Mumbayda ishlaydi.
Politsiya xodimlari ayolning dovyurakligi uchun minnatdorchilik bildirib, unga 5000 rupiy (80 dollar atrofida) mukofot berdi.