Главная » Yangiliklar » Abituriyentlar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan adabiyotlar ro‘yxati aniqlandi
Abituriyentlar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan adabiyotlar ro‘yxati aniqlandi

Abituriyentlar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan adabiyotlar ro‘yxati aniqlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Abituriyentlar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan adabiyotlar ro‘yxati aniqlandi
  • Дата релиза: 28-05-14, 23:50
Abituriyentlar uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan adabiyotlar ro‘yxati aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga kiruvchilar uchun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan test topshiriqlarining dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda Davlat test markazi rasmiy saytida xabar berilgan.
Uzreport ma’lumotiga ko‘ra, dastur Prezident Islom Karimovning 2014-yil 30-apreldagi “Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Dasturga asosan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida amalda qo‘llanishga tavsiya etilgan hamda test topshiriqlarini tuzishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati aniqlandi.

Abituriyentlarga kirish test sinovlariga mazkur dasturga tayangan holda, ro‘yxatda keltirilgan adabiyotlar yordamida tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi.
Логин:
Пароль: