Главная » Yangiliklar » Afrikadagi eng so‘nggi oq ayiq vafot etdi
Afrikadagi eng so‘nggi oq ayiq vafot etdi

Afrikadagi eng so‘nggi oq ayiq vafot etdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Afrikadagi eng so‘nggi oq ayiq vafot etdi
  • Дата релиза: 17-08-14, 16:37
Afrikadagi eng so‘nggi oq ayiq vafot etdi

Janubiy Afrika respublikasidagi Yoxannesburg hayvonot bog‘ida 28 yildan beri yashab kelgan Afrikadagi eng so‘nggi oq ayiq vafot etdi. Bu haqda Yoxannesburg shaharlari bog‘lari nashri xabar bermoqda.

Hayvonot bog‘i bosh veterinari Bret Gardener 13-avgust soat 11:49 da ayiqni qiyinchiliklardan ozod qilish maqsadida evtanaziya — uning o‘limini yaqinlashtirish haqidagi qarorga kelgan. U Veng ismli Afrikaning eng so‘nggi oq ayig‘ini jigar va yurak falajlanishi sababli evtanaziya haqidagi qarorni imzolashga majbur bo‘ldi.

Veng 1985-yil 21-dekabrda tug‘ilgan. U Yaponiyadan Yoxannesburg hayvonot bog‘iga 1986-yilda almashuv dasturi asosida keltirilgan.

Логин:
Пароль: