Главная » Yangiliklar » Ahmad Temurov: «Menga temir xotin kerak!»
Ahmad Temurov: «Menga temir xotin kerak!»

Ahmad Temurov: «Menga temir xotin kerak!»

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ahmad Temurov: «Menga temir xotin kerak!»
  • Дата релиза: 24-03-18, 16:34
Ahmad Temurov: «Menga temir xotin kerak!»
Birinchi taassurot butun umrga saqlanib qoladi, degan gapni eshitgansiz, to`g`rimi? Tomoshabin aktyor yoki xonandaning sahna chiqishini ko`rganida, u haqida xulosa chiqarib bo`ladi. Gapni nega bu tariqa boshlaganimizga qiziqayapsizmi? Chunki bugun aktyor, Ahmad TEMUROV bilan uchrashdik.

KELGUSIDA XONANDA BO`LAMAN...

Bolaligim bobom va buvim bilan o`tgan. Rahmatli bobom, O`zbekiston san`at arbobi Temur Mahmudov qaerga bormasin meni o`zi bilan olib ketardi. San`atga bo`lgan qiziqishim o`sha davrlardan boshlangan. Turli tadbir, ma`rifiy-madaniy kechalarda birga yurardik. Glier nomidagi maxsus akademik liseyining ana`naviy ijrochilik yo`nalishida tahsil olishimda ham ko`p yordam bergan. Televizordagi har bir chiqishimni ko`rib, xursand bo`lishlari ko`z oldimda. Dadam va amakim san`at yo`lini tanlamashmagan, lekin men kasb davomchisiga aylanganim bois qo`llab-quvvatlab, ruhlantirib turishardi. Sahnadagi chiqishlarimga bobom muxlis sifatida ham baho berar edi. Sahnada baqirib gapirsam «Bolam, sen zaldagilarga baqirma. Pastroq tovushda, so`zlaringga kerakli urg`u bergan holda gapir. Ana shunda fikring tomoshabinlarga tezroq etib boradi» degandi. Har safar sahnaga chiqishimdan oldin bobomning ana shu o`gitlarini yodga olaman. U kishi xonanda bo`lishimni juda istardi. Nasib qilsa, bu orzularini ham amalga oshiraman.

BAHOR BU – SEVGI...

Bahor mening eng sevimli fasllarimdan biri. U kelishi bilan nafaqat tabiat, balki insonlar ham, ayniqsa, qizlar o`zgara boshlashadi. Shaxsan men uchun ko`klam muhabbat fasli! Gapni sevgi mavzusiga burganimdan hoynaxoy ko`ngil qo`ygani bormikan deb o`ylayapsizmi? Aniqlik kiritib o`tay, bo`ydoqman, sevgan qizim ham yo`q. Ammo qalbim malikasini izlayapman... (kuladi).

MENGA «TEMIR XOTIN» KERAK!

Oilada to`ng`ich farzandman. Uydagilar uylanish haqida ko`p gapirishadi. Fikrimcha, bunga hali vaqt bor. Chunki oila qurish uchun avvalambor inson o`zi tayyor bo`lishi kerak! Nasib qilsa, shu yoki keyingi yil uylanish niyatim bor. Bo`lajak turmush o`rtog`imni tasavvur qilganimda uni xuddi «Temir xotin»dek ko`raman. Mahallada ulg`ayganim bois hovli ishlariga faqat «Temir xotin»gina chidashi mumkin deyapman-da. Chaqqon, hushmuomila va donoligi bilan buvim va ota-onamning ko`nglini olishi, qolaversa juda chiroyli bo`lishini hoxlayman.

Kelin tanlashni oyimdan ham ko`ra ko`proq buvimga ishonaman. Didimiz deyarli bir hil. Bundan tashqari, bu ishda ular kabi professional inson bo`lmasa kerak. Hatto, mahalladagilar ham juda ko`p maslahat olishadi.

Fakt

Ahmad Temurov 1991 yili tug`ilgan. Oilada to`ng`ich farzand, ikkita singilning mehribon akasi.

Aliya SULAYMANOVA
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: