Alisher Usmonov muvaffaqiyatining siri nimada?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Alisher Usmonov muvaffaqiyatining siri nimada?
- Дата релиза: 15-06-18, 15:34
Jahonga mashhur biznesmen hamyurtlarimiz
Xorijiy davlatlarda muvaffaqiyatli ishlab yurgan yuqori malakali olim, vrachlar, salohiyatli investorlarni yurtimizga taklif etib, o`z bilim va tajribasini vatanimiz ravnaqi yo`lida ishlatish uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqdamiz.
Blumberg agentligining (AQSh) bergan xabariga qaraganda Alisher Usmonov Maykrasoft kompaniyasining asoschisi Bil Geyts bilan boshlanadigan dunyoning 100 nafar eng boy kishilari qatoridan o`rin olgan.
Alisher Usmonov 65 yoshda. U Namangan viloyatining Chust shahrida tavallud topgan. Tadbirkor. Rossiyadagi “USM (Usmonov) Holdings” kompaniyasining asoschisi.
“Yo`q, bu ishni qilish mumkin emas, bizga bu to`g`ri kelmaydi, ular mutlaqo boshqa-boshqa narsa deb turganida Alisher Usmonov shu ishni qilsa bo`ladi!”, deydi, shu ishni bajaradi va aytgan gapining ustidan chiqadi. Bu uning hayotda to`plagan boy tajribasidan tashqari irodasidan, ko`pqirrali qobiliyati, fe`lu-atvoridan darak beradi va hayotning tasdiqlashi bo`yicha, tadbirkor tabiatidagi bu xislat uning katta muvaffaqiyatlarining asosi va garovi bo`lib xizmat qilmoqda. “Men barcha ishlarni, butun-butun kompaniyalarni sinchkovlik bilan ipidan ignasigacha juda puxta o`rganaman. Odamlarga ishonaman ma`qul bo`lgan paytda, mening talablarimga to`g`ri keladigan odamga hamma narsamni ishonib topshirishga tayyorman. Sabot, matonatdan tashqari hissiyotlarga beriladigan odatim ham yo`q emas”.
Alisher Burxonovich Usmanov u yoki bu voqea xususida biron-bir fikr bildiradigan bo`lsa, odatda uning o`ziga xos fikri, munosabati atrofidagilarning e`tiborisiz qolmaydi, gapi-so`zining ta`sir kuchi katta, sezilarli bo`lgan Rossiyaning eng badavlat milliarder tadbirkorlaridan hisoblanadi, deyishadi uni bilganlar.
Amerikaning “Forbs “ jurnali chop etila boshlaganiga 10 yil to`lishi munosabati bilan: “Rossiyada kim yaxshi yashaydi?” deb 2013 yili o`tkazilgan savol-javobda bunday kishilardan Rossiyada 200 nafari borligi ma`lum bo`lgan. Ro`yxat Alisher Usmonov nomi bilan boshlanadi. “Metalloinvest” hammuassisi Usmonov 17,6 milliard dollar mol-mulkka ega, deb qayd etiladi jurnal sahifalarida. Alisher Usmonov ikki yildan buyon Forbs jurnalidagi rus mulkdorlari reytingi ro`yxatining birinchi o`rnida turdi. Usmonov ketidan “Alfa-grupp”ning hammuassisi Mixail Fridman, undan keyin “Novatek”ning hammuassisi Leonid Mixelson, ana undan keyin Viktor Vekselberg, “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov, “abadiy bo`ydoq” deb nom chiqargan Mixail Proxorov. Etti bolaning otasi Roman Abramovichlar turishadi. Ko`p bolali ota - (Abramovich)ning ustidan hazillashib bolalar boshini ko`paytiraman deb, biznesda orqada qolayotgan Roman Abramovich o`zining 10 milliard 200 million dollari bilan bu ro`yxatda 13-o`ringa tushib qolibdi.
“Vijdon pulning quli bo`lmasligi, eng muhimi, pul vijdonni so`ndirmasligi ham, o`ldirmasligi ham kerak. Vijdonim bilan kelishgan holda hamoxang yashayman. Bu mening hayotdagi bosh va muhim maqsadim. Men hammavaqt bir narsani qaytarishdan tolmayman. O`z xoxish-ixtiyorim bilan emas, ta`sir deymizmi, tazyiq ostida deymizmi, tasodifan biznesmen bo`lib qolganman”.
"Gapning kalamullosini aytadigan bo`lsak, pul, mablag` yoki daromad hayotimning asl maqsadi emas. Turli davlat va nodavlat radio, gazeta, televidenie yoki Internet e`lon qilayotgan reytinglar boy-badvalat biznesmenlarning asl holati haqida aniq ma`lumot bermaydi”, deydi Alisher Usmonov.
Shu erda multimillioner yoki milliarder Alisher Usmonov o`zining bosh maqsadini, hayotiy shiorini e`lon qilgandek bo`ldi: Gap shundaki, biznesmenning butun molu mulki uning umr bo`yi o`zi uchun, yaqin kishilari uchun, xayr, sadaqa uchun, ya`ni homiylik yo`lida sarf qiladigan xarajatlarning yig`indisi bilan o`lchanadi. Qolgan mablag`i uniki emas. Mablag`larim meni yangi-yangi ishlarga, loyihalarni amalga oshirishga chorlaydi. Kattadan-katta ijtimoiy loyihalarni ro`yobga chiqarish, hayotga tadbiq etish imkonini beradi. Men yaqin orada “San`at va sport” xayriya fondimni o`zimning bosh tashkilotim deb hisoblasam kerak,
deydi jahonga mashhur tadbirkor. Tadbirkorning bu gapini unchalik anglay olganimiz yo`q. Bu gapidan u nima ishbilarmonlikni tashlab faqat sport va homiylik bilan shug`ullanmoqchimi? Yana bilmadik. Har xolda uning shunday fikri, niyati ham yo`q emas.
Xorijlik biznesmenlarning ta`kidlashi bo`yicha, O`zbekistonda ishbilarmonlik, tadbirkorlik bilan keng ko`lamda shug`ullanish imkoniyatlari chorak asrdan buyon mana endi ro`yobga chiqa boshladi. Mamlakat iqtisodiyotini ravnaq toptirib, xalq turmush sharitini ko`tarishga xizmat qiladigan bu xosiyatli jarayonning ko`pchilikka, ayniqsa jahon hamjamiyatiga tushunarli qonun-qoidalari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
Ha, o`tgan yillar mobaynida qanchadan-qancha imkoniyatlarni qo`ldan boy berdik, achchiq bo`lsa ham bu ginayu anduh, e`tirozu tanqidni tan olishdan boshqa ilojimiz yo`q. Axir rahbariyatimizning xalq dardiga quloq tutib, kamchiliklarni e`tirof etib, tavba-tazarruga qodir ekanligi tufayli, shuningdek, er osti va er usti boyliklarimiz, ayniqsa ko`p yillik boy tajribamiz, mehnatkash xalqimiz borligi uchun ham butun jahon bugun O`zbekistondagi o`zgarishlarga favqulodda bir katta qiziqish bilan qaramoqda, investisiyalar kirib kelyapti, yangi turar joylar qurilib, ma`dan konlari ochilib, ulkan sanoat korxonalari qad ko`tarmoqda, noyob Toshkent-siti xalqaro biznes-markazi barpo etilmoqda. Tadbirkorlik uchun yangi muhit, qulay sharoit yaratilyapti, ishga yondashuv va undagi siyosat o`zgarib jahonga mashhur O`zbekiston farzandlarining o`z vataniga qiziqishi, ilgari so`nmagan bo`lsa ham, yanada ortib bormoqda.
Birgina misol. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Moskvaga qilgan tashrifi chog`ida imzolangan bitimlarga asosan O`zbekistonga 12 millard dollarga investisiya kiritildi. Faqat savdo bo`yicha imzolangan kontraktlar umumiy bahosining o`zi 3,8 millirad AQSh valyutasini tashkil qildi. Rossiya bilan O`zbekiston o`rtasida ilgari tovar ayriboshlash 4 millard dollar bo`lgan bo`lsa, endi bu raqam yana bir milliardga ortib, 5 milliard dollarga etkaziladi.
O`zbekiston shaxdam qadam tashlab, katta sur`atlar bilan rivojlanayotgan bugungi dorulomon kunlarda Rossiyada yashaydigan va, bir daqiqa bo`lsa ham, vatanini unutmagan hamyurtlarimizning o`z vataniga, ona-eriga qiziqishi ortdi. Ular O`zbekistonda bo`layotgan o`zgarishlarda ishtirok etish istaklarini bildirishmoqda. Moskva OAVlarining xabariga qaraganda namanganlik jahonga mashhur biznesmen Alisher Usmonov Rossiya bilan O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yo`naltirgan hatti-harakatlarini ancha faollashtirgan.
Alisher Usmanov... Rossiyada istiqomat qiladigan jahonga mashhur o`zbek biznesmeni. Hozir u o`zining nomidagi “USM Holdings” kompaniyasining 48 % aksiyalari paketiga va Baykaldagi “Metalloinvest” tog`-kon kompaniyasiga ega. Shuningdek, Usmonovning “Novy (yangi) media xolding”, “Kommersant`” nashriyot uyi, “Ximki Grupp” developmentida ham salmoqli ulushi bor.
Alisher Usmonov 1953 yili 9 sentyabr kuni Chust shahrida tug`ilgan. Uning oilasi kambag`allik nima ekanligini bilmaydigan oilalardan edi. Otasi Toshkent shahar prokurori bo`lib ishlagan. Unga bolaligidan istagan narasini muhayyo etishardi. Boy oilaning to`q bolalari katta bo`lganida kim bo`lishi masalasi juda baxsli va noma`lum. O`ziga to`q kamchiligi yo`q oilalardan kim-qancha va qanday odamlar chiqmadi, deysiz?!
Oila boshlig`i Burxon ota Usmonov qattiqqo`l, bolalarning ko`ngliga qarab o`tirmaydigan talabchan kishi bo`lib oilada ham, do`stlari orasida ham katta hurmatga sazovor bo`lgan kishi edi. U o`g`lining o`qishga va sportga bo`lgan qiziqishini ko`rib uni qo`llab-quvvatladi. Yog`ochdan yo`nilgan qilich bilan qilichvozlik qilayotganini ko`rib esa unga kerakli bo`lgan barcha sport asbob va anjomlarini sotib olib beradi va fextovanie seksiyasiga borib yozdiradi.
Alisher sport bilan shunchaki hazilakam emas balki jiddiy ravishda shug`ullana boshladi va hamma bo`sh vaqtlarini sport mashg`ulotlarida o`tkazdi. U tez orada sevgan sport turi bo`yicha jiddiy natijalarni qo`lga kirita boshladi va sport olamida musobaqalarda qilichvozlar orasida doimo g`olib chiqadigan Alisher ismli yosh bola paydo bo`ladi. Yarim yil o`tar-o`tmas u Respublika o`smirlar terma komandasi tarkibiga olindi. Bir nechta jiddiy raqiblar bilan o`tgan g`alabalaridan so`ng esa SSSR terma komandasiga olindi. Chustlik o`spirin ko`p o`qiydigan romantik bola edi. U yoshligida fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyumaning mashhur “Uch mushketyor” – (“Uch qilichboz”) romanini o`qib sportning qilichbozlik turi - fextovanie bilan shug`ullanishga qaror qiladi. Ikki yil mashqdan so`ng yosh qilichboz Alisher Usmonov Respublika terma komandasiga qabul qilinadi. Ko`p o`tmay u o`z kasbining ustasi – sport masteri unvonini oladi. Bu bilan u qoniqmaydi. Bu sohada yanada yuqoriroq natijalarga erishish uchun u qattiq harakat qiladi va eng yosh mohir qilichboz sifatida SSSR terma komandasi musobaqalarida qatnash huquqini qo`lga kiritadi.
Irismat Abduxoliqov, O`zA
Manba: Darakchi.uz