Alisher Uzoqov nega san`atni yig`ishtirmoqchi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Alisher Uzoqov nega san`atni yig`ishtirmoqchi?
- Дата релиза: 24-03-18, 16:36
Aktyor Alisher Uzoqov, jurnalist Sadokat Allaberganova bilan bo`lgan suhbatda turk seriali “Sevgi istirobi” haqida so`zladi...
— “Sevgi iztirobi” serialini ovozlashtirishni o`z zimmangizga olgandingiz. Biroq efirdan olindi...
— Bu jarayonni boshdan kechirish juda qiyin kechyapti. Serialning 2-faslini judayam ovozlashtirgim kelyapti. Maqsadim dublyaj sohasini rivojlantirish edi. Teletomoshabinlarga ham serial dublyaji manzur kelayotgandi. “Dublyajda yangilik bo`lar”, deb o`ylab o`tirmay, ta`qiq qo`yishdi. Bu ketishda san`atni yig`ishtirib, g`isht tashiyman. Yo Alisher Navoiy, yo Shukur Burxonov davrida yoki bir necha asrdan keyin tug`ilishim kerak edi... Moddiy manfaatdorlik bor erda ijod qilolmayman. Kasbimni yaxshi ko`rganim uchun ko`ngil amri bilan baliq suvda suzgandek ishlayman. Biroq “shu aktyorning qilayotgan ishlari ortidan xalqning madaniyati, ma`naviyati oshar”, deya tan olib, qo`llab-quvvatlab, imkoniyat yaratishmayapti. Balki uzoq yillardan so`ng “yaxshi aktyor edi-da”, deb xotirlab, tan olishar... Nega san`atning har bir yo`nalishiga bosh suqib ko`raman, bilasizmi? Boisi hech birida mukammal ijod qiladigan shariot yo`q, atrofimdagilarning dardi pul. Moddiyat, deb yashayversak haqiqiy ijodni kim o`ylaydi, ma`naviyat nima bo`ladi? Serial ma`naviyatimizga to`g`ri kelmas ekan. Aslida e`tirozlarni har birini asossiz ekanini isbotlab bera olaman! Vaholanki, mavzusi bir xil bo`lgan o`zbek serial va filmlar telekanallarda berilyapti-ku. Kuni kecha “Otalar so`zi” ko`rsatuvida namoyish qilingan o`zbek filmiga ko`zim tushdi. Qahramon qiz ichib olib, diskotekada yuribdi. Tunda uyiga qaytib, otasiga baqiryapti. Bu ma`naviyatmi?
— Serialning 2-fasli efirga beriladimi?
— Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham muxlislardan shu savolni eshitaman. Mening qo`limda hech qanday vakolat yo`q, oddiy ijodkorman, xolos.
Manba: Darakchi.uz