Главная » Futbol yangiliklari » Andrey Derkach: «Mash'al»da qolib o'ynashni istayman»
Andrey Derkach: «Mash'al»da qolib o'ynashni istayman»

Andrey Derkach: «Mash'al»da qolib o'ynashni istayman»

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: Andrey Derkach: «Mash'al»da qolib o'ynashni istayman»
  • Дата релиза: 31-07-14, 00:42
Andrey Derkach: «Mash'al»da qolib o'ynashni istayman»
Ikkinchi davraga tayyorgarlikni Yangier hamda poytaxtimizning tog'li xududlarida o'tkazgan Muborakning «Mash'al» jamoasi ham oradagi tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qildi.

Mavsum boshida jamoaga kelib qo'shilgan ukrainalik legioner futbolchi Andrey Derkach bilan suhbatlashdik. Tajribali yarim himoyachi mavsum boshida klubga keldi hamda jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi.

- Andrey, ikkinchi davraga tayyorgarlik qay tariqa olib borildi?

- Hammasi juda yaxshi tarzda o'tkazildi. Rejadagidek, dastlab tog'li xududda jismoniy holatni tiklashga e'tibor qaratildi. Tog'dan qaytib kelganimizdan so'ng, Yangierda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Umuman olganda, hammasi yaxshi, rejallashtirgan ishlarimizni to'liq bajarib oldik.

- Legioner sifatida tayyorgarlikdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Ha, qoniqish hosil qildim. Chunki klub rahbariyati munosib tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha sharoitlarni, imkoniyatlarni qo'ldan kelgancha yaratib berishdi. Deyarli, muammoga duch kelmadik. Yangierdagi bazada ham, yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha imkoniyatlar bor. Yaxshi maydon, sifatli tarzda shug'ullanish uchun sharoitlar. Nazorat uchrashuvlarini tashkil qilish ham qiyin kechmaydi. Umuman, tayyorgarlikdan nafaqat men, qolgan jamoadoshlarimni ham ko'ngillari to'ldi.

- Davralar oralig'i paytida har bir jamoa futbolchilari yanada ko'proq kuch to'plab olish uchun mashg'ulotlarda astoydil mehnat qiladi. Shu boisdan ayni paytdagi holatingizni qanday baholaysiz?

- Juda yaxshi, sekin-asta o'zim kutgan darajada kuch to'plab bormoqdaman. Murabbiylar shtabi ham futbolchilarning kuchlarini yanada me'yoriga chiqishi uchun qo'ldan kelgancha harakat qilmoqda. Aytish kerakki, ayni paytdagi holatimizdan qoniqish hosil qilmoqdaman. To'plagan kuchlarimiz ikkinchi davrada o'zimizga asqotishiga ishonaman.

- Mavsum arafasida «Mash'al» klubiga kelib qo'shilgandingiz. Ayni paytda jamoaga to'liq moslashib ketdim deya olasizmi?

- Rostini aytsam, albatta moslashib ketdim. Bunchalik tez kirishib ketishimni taassavur qilmagandim. «Mash'al»dagi holat menga ma'qul keldi hamda futbolchilar, murabbiylar, xodimlar bilan munosabatlarimiz yaxshiroq ko'rinishga kelib qoldi. Hamjihatlik, birdamlik bo'lgan jamoada albatta o'sish bo'ladi, futbolchilarning bir-biri bilan o'rtadagi aloqasi ham maromida yo'lga qo'yiladi. Demoqchimanki, «Mash'al»dagi muhitga moslashib ketishim qiyin kechgani yo'q. Bundan tashqari, birinchi davrada o'z o'yinimdan ham ko'nglim to'ldi. Shu sababdan ham «Mash'al»ga moslashib ketishim, muhitga to'liq o'rnashib olishimda qiyinchiliklar bo'lmadi.

- «Mash'al» o'tgan mavsumni birinchi ligada o'tkazganiga qaramay, joriy yilgi chempionat o'yinlarini yarmini muvaffaqiyatli tugatdi. Birinchi davradagi omadli startni nima bog'lash mumkin?

- Futbolchilarning o'zlarida bo'lgan ishtiyoq, g'alabaga bo'lgan tashnalikni ma'sulining evaziga qo'lga kiritildi. Birinchi davrada faqat g'alaba uchun o'ynadik. Raqib qanday kuchga ega bo'lishidan qat'iy nazar, asosiy vazifamiz yangidan-yangidan g'alabalarni qo'lga kiritish edi. Aynan shularni qo'lga kiritish uchun tinimsiz mehnat qildik, tarkibdagi yoshlarning g'ayratlari evaziga muvaffaqityalarimiz davomi ko'rina boshladi. Ayni paytdagi turnir jadvalidagi holatimizdan mag'rurlanib ketmasligimiz kerak. Chunki ikkinchi davrada kurash yanada qizg'in kechishi, «Mash'al» uchun mavsum yakuniga qadar qiyin o'yinlar bo'lishi ta'kidlanmoqda. Men birinchi marotaba mamlakatingizda to'p surayotganimga qaramay, oliy liga saviyasi, bu erda qanday jamoalar borligini ortda qolgan yarim davra bellashuvlarida guvohiga aylandim.

- Ortda qolgan vaqt ichida oliy ligamiz saviyasi to'g'risida qanday tushunchaga ega bo'ldingiz?

- Oliy liga saviyasi yaxshi. Chempionat qiziqarli tarzda o'tdi. Chempionlik uchun kurashayotganlar, autsayderlarga da'vogarlar sekin-asta bilinib qoldi. Lekin ikkinchi davrada hammasi o'zgarib ketishi mumkin. Shu boisdan buni chempion bo'ladi, uni pastga tushib ketadi deya olmayman. Hammasiga ikkinchi davra aniqlik qiritib beradi. Bilganim, chempionatlaringda o'ynash qiziqarli ekan.

- Chempionatimizning 13-turida maydonga chiqqan holda sizga qiyinchilik tug'dirgan hujumchilar bo'ldimi?

- Har bir jamoada o'ziga yarasha tajribali hujumchilar borligini aytishim mumkin. Ulardan birortasini ajratib ko'rsatishim qiyin. To'g'ri, ayrim jamoalardagi hujumchilarning saviyasi past. Ularning o'z ustida ishlashi kamroq. Etakchi jamoalarda esa mahoratli futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Bunday futbolchilarga turish, har qanday himoyachini qiynashi tabiiy. Shunday futbolchilar bor, nafaqat ularni kimlar ekanligini ayta olmayman. Chunki ba'zilari bundan hafa bo'lishlari mumkin.

- Birinchi davrada qaysi jamoaga qarshi o'ynash qiyin og'ir kechdi?

- Bunday o'yinlarga «Lokomotiv» va «Nasaf»ga qarshi kechgan bellashuvlarni misol qilib keltirishim mumkin. Aslida hech bir o'yin oson kechgani yo'q. Hammasi bir-biridan qiyin bo'lganlini ta'kidlashim mumkin. Biroq yuqorida tilga olgan klublarimga qarshi o'yinlar osonlikcha kechgani yo'q.

- «Lokomotiv»da o'ynagan yurtdoshingiz Vyacheslav Shevchenko davralar oralig'i paytida, temiryo'lchilar safini tark etdi. Bu futbolchi chempionatimizda yorqin o'yin ko'rsata olmadi. Uni yaqindan taniysiz, shu boisdan uning oliy ligamizga moslashib keta olmaganiga nima sabab bo'ldi?

- Menimcha, jamoada bosh murabbiyning almashganligi, Shevchenkoga ta'sir qildi. Aslida u yaxshi hujumchi, qanday holatda, qay tariqa gol kiritishni uddasidan chiqadigan futbolchi edi. Aynan shu xislatlari tufayli, dastlab uni Hakim Fuzaylov jamoaga taklif qilgandi. Mavsum start olmasdan, murabbiyning almashinuvi hamyurtimga boshqacha ta'sir qilgan ko'rinadi. Yangi kelgan bosh murabbiyning taktikasiga, uslubiga moslashib keta olmadi. Aynan shuning uchun davralar orag'ilida jamoadan ketdi. Biroq Shevchenko tajribali hujumchi sifatida bilaman.

- Bu erdagi yaratilgan sharoitlardan ko'nglingiz to'lmoqdami?

- Sharoitlar hammasi joyida. Hech qanday qiyinchiliklar bo'layotganini kuzatayotganim yo'q. Faqat, futbol o'ynash qolmoqda xolos.

- Agar jamoa sizga yana shartnoma taklif qilsa, buni qabul qilarmidingiz?

- Albatta, qabul qilardim. Hozircha mavsum so'nggiga qadar shartnoma tuzganmiz. Avvalo chempionat yakuniga etsin. Shundan keyin ham klub rahbariyati o'rtadagi bitimni uzaytirishni va birgalikda ishlashni taklif qilsa, qolmoqchiman. Boisi, menga vataningiz yoqib qoldi. Futboldan maroq olib to'p surmoqdaman. Hech qanday noliydigan jihatni ko'rmayapman. Shunga «Mash'al»da qolib, faoliyatimni yana davom ettirishga qarshi emasman.

- «Mash'al»ni tanlab yanglishmagandingizmi? Aslida siz «Neftchi» ko'rikidan o'tgandingiz, biroq farg'onaliklar bilan kelishuvga erishmagandingiz.

- Tanlovim to'g'ri ekanligini o'shandayoq bilgandim. To'g'ri, farg'onaliklar bilan kelishuvga erisha olmaganimdan so'ng, agentim o'zimni «Mash'al»da sinab ko'rish variantini o'rtaga tashlagandi. Shundan so'ng muborakliklarning qishki yig'inlarida qatnashdim. Murabbiylarga harakatlarim ma'qul keldi hamda ularni meni jamoada qolishimni istashdi. Shu erda yaxshi o'ynab ketishimga ishongandim. Chunki klubdagi muhit, futbolchilarning o'zaro hamjihatliklarini ko'rib, shundan hayolga borgandim.

- «Mash'al»da asosiy tarkib futbolchisiga aylandingiz. Himoyadagi sheriklaringiz to'g'risida qanday fikrdasiz?

- Bir-biridan iqtidorli, mehnat qilishdan qochmaydigan futbolchilar to'planishgan. Himoya qo'rg'onimizdagi har bir yigit, asosiy tarkibda maydonga tushishga haqli hisoblanishadi. Biroq kimni maydonga tushirishni bosh murabbiy hal qiladi. Sheriklarim kuchli, qaysi biri bilan bo'lsa ham, tandem hosil qilib o'ynashdan qat'iy nazar, jamoa g'alabalariga hissa qo'shsak bo'ldi.

- Siz bungacha Evropa futbolida o'ynagansiz. Shu boisdan osiyo mamlakatlari futboliga kirishib ketish qiyin kechmadimi?

- Yo'q, hammasi yaxshi. Evropa futboli baribir oldinda. Har taraflama, futbol rivojlangan, klublardagi sharoitlar, ularning infratuzilmalari, turnirlarning saviyasi borasida o'sish yuqori. Osiyo klublarining barchasi to'g'risida to'liq ma'lumotga ega emasman. O'zbekiston futbolidan boxabar bo'lib bormoqdaman. Aytishim mumkinki, chempionatlaringda o'sish bor. Yaxshi saviyadagi legionerlarni kelishi, saviyani o'sishiga xizmat qiladi.

- Moldovaning «Zimbru» safida bronza medali sohibiga aylangansiz. Shu boisdan «Mash'al»da ham sovrinlarni qo'lga kiritish uchun kelgan bo'lsangiz kerak?

- Albatta, bu jamoada ham yaxshi niyatlar bilan kelganman. Jamoa safida o'zimni ko'rsatishni, klub muxlislarida yaxshi taassurotlar qoldirib ketishi maqsad qilganman. Legioner futbolchi mahalliy o'yinchilardan bir bosh ustun bo'ladi. Aynan shuning uchun ham yaxshiroq o'ynashim, meni keyinchalik mahalliy ishqibozlar eslab yurishlarini istayman. Shunda iliq fikrlarni aytishlari uchun qo'ldan kelgancha harakat qilmoqdaman. Albatta, sovrinlarni qo'lga kiritishni istayman. Bu yil jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda. Ikkinchi davrada «Mash'al»ni bir-biridan qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Ularda ham muvaffaqiyatli to'p surishni, mavsumni ayni paytdagi o'rindanda ham yuqorida tugatishni hohlayman.
Логин:
Пароль: