AQShda go‘ngdan toza suv olish texnologiyasi ishlab chiqildi
- Категории: Yangiliklar
- Название: AQShda go‘ngdan toza suv olish texnologiyasi ishlab chiqildi
- Дата релиза: 31-05-14, 12:39
AQShning Michigan shtati
Universiteti olimlari go‘ngdan
toza suv olish texnologiyasini
ishlab chiqishdi. Ularning
aytishicha, ushbu ixtiro
sayyoramizning qurg‘oqchil
hududlarida ayniqsa talabgir
bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda
“ITAR-TASS” xabar berdi.
“Biogen moddalarni ajratish
tizimi” deb nomlangan
qurilma ustida bundan o‘n
yilcha avval ish boshlangan.
Uning asosida qishloq xo‘jaligi
chiqindilarini organik
o‘g‘itlarga aylantirish va
energiya olishda ishlatiladigan
anaerob achitish uskunasi
mavjud. Bundan tashqari,
unga ultrafiltrlash va havo
orqali haydash hamda teskari
osmos moslamalari
o‘rnatilgan. Go‘ngning ushbu
qurilmadan o‘tishi natijasida
toza suv hosil bo‘ladi, uni
chorva mollariga ichirish
mumkin bo‘ladi.
Texnologiya mualliflaridan biri
Stiv Safferman so‘zlariga ko‘ra,
go‘ngning 90 foizini suv
tashkil qiladi. Shu bilan birga,
uning tarkibida atrof-muhitga
zararli bo‘lgan katta
miqdordagi biogen moddalar,
uglerod va kasallik
qo‘zg‘atuvchilar bor. Yangi
qurilma ushbu moddalarni
ajratib oladi, ular keyinchalik
o‘g‘it ishlab chiqarishda
qo‘llanilishi mumkin.
Yangi tizim 1 kub metr
go‘ngdan 0,5 kub metr suv
olish imkonini beradi.
Kelajakda ushbu ko‘rsatkichni
oshirish rejalashtirilmoqda.
Universiteti olimlari go‘ngdan
toza suv olish texnologiyasini
ishlab chiqishdi. Ularning
aytishicha, ushbu ixtiro
sayyoramizning qurg‘oqchil
hududlarida ayniqsa talabgir
bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda
“ITAR-TASS” xabar berdi.
“Biogen moddalarni ajratish
tizimi” deb nomlangan
qurilma ustida bundan o‘n
yilcha avval ish boshlangan.
Uning asosida qishloq xo‘jaligi
chiqindilarini organik
o‘g‘itlarga aylantirish va
energiya olishda ishlatiladigan
anaerob achitish uskunasi
mavjud. Bundan tashqari,
unga ultrafiltrlash va havo
orqali haydash hamda teskari
osmos moslamalari
o‘rnatilgan. Go‘ngning ushbu
qurilmadan o‘tishi natijasida
toza suv hosil bo‘ladi, uni
chorva mollariga ichirish
mumkin bo‘ladi.
Texnologiya mualliflaridan biri
Stiv Safferman so‘zlariga ko‘ra,
go‘ngning 90 foizini suv
tashkil qiladi. Shu bilan birga,
uning tarkibida atrof-muhitga
zararli bo‘lgan katta
miqdordagi biogen moddalar,
uglerod va kasallik
qo‘zg‘atuvchilar bor. Yangi
qurilma ushbu moddalarni
ajratib oladi, ular keyinchalik
o‘g‘it ishlab chiqarishda
qo‘llanilishi mumkin.
Yangi tizim 1 kub metr
go‘ngdan 0,5 kub metr suv
olish imkonini beradi.
Kelajakda ushbu ko‘rsatkichni
oshirish rejalashtirilmoqda.