Главная » Futbol yangiliklari » ​AQShda hayot uchun xavfli bo`lgan infeksiya topildi
​AQShda hayot uchun xavfli bo`lgan infeksiya topildi

​AQShda hayot uchun xavfli bo`lgan infeksiya topildi

  • Категории: Futbol yangiliklari
  • Название: ​AQShda hayot uchun xavfli bo`lgan infeksiya topildi
  • Дата релиза: 06-07-17, 13:59
​AQShda hayot uchun xavfli bo`lgan infeksiya topildi
Amerikalik olimlarning aniqlashicha, mamlakatning bir qancha hududlariga kalamush o`pka qurti tarqalgan. Bu parazit o`z nomiga qaramay, miyaga joylashib olib, asab tizimini ishdan chiqaradi va inson o`limiga sabab bo`ladi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Hali epidemiya tarqalib ulgurganiga qaramay, mazkur parazit shilliqurtda yashashi va ular orqali inson bilan yaqin muloqotda bo`lmagan yovvoyi kalamushlar organizmiga tushishi ma`lum bo`ldi. Shunga qaramay, olimlar uning xavfi haqida bong urmoqda. Ular Floridaning beshta okrugida tadqiqot o`tkazib, aksariyat kalamushlar mazkur qurtlarni yuqtirganligini aniqlashdi.

Eng xavfli tomoni shundaki, parazitlar nafaqat kalamush, balki oddiy qisqichbaqa, krab, hatto qurbaqa orqali ham yuqishi mumkin. Agar inson qurtlardan zararlangan qisqichbaqa, krablarni iste`mol qilsa, infeksiyani yuqtirish xavfi yuqori bo`ladi. Zararli qurtlar salat barglari, ko`katlar, meva va sabzavotlar orasiga ham berkinib olishi xavfni yanada kuchaytiradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: