“Arsenal” o‘n yillik tanaffusdan so‘ng Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
- Категории: Futbol yangiliklari
- Название: “Arsenal” o‘n yillik tanaffusdan so‘ng Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
- Дата релиза: 11-08-14, 17:34
O‘tgan mavsum Angliya chempioni bo‘lgan “Manchester Siti” va Angliya Kubogi sohibi — “Arsenal” “Uembli” stadionida Angliya superkubogi uchun o‘zaro bahs olib bordi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
“Arsenal” uchrashuvda bir yo‘la uch nafar yangi o‘yinchi — Aleksis Sanches, Matye Debyushi va Kalum Chamberslarni asosiy tarkibda maydonga tushirgan bo‘lsa, “Siti” darvozasida Villi Kabalyero rasman debyut qildi.
O‘yin teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsa-da, dastlabki eng xavfli vaziyat “Arsenal” darvozasi oldida sodir bo‘ldi. Tezkorlik bilan jarima maydonidan boshlangan hujumni Nasri gol bilan yakunlashi mumkin edi, ammo to‘p yo‘liga londonliklar himoyachisi to‘g‘anoq bo‘ldi. Asta-sekinlik bilan tashabbusni o‘z qo‘liga olgan “Arsenal” esa 21-daqiqada hisobni ochdi. Santi Kasorla qanotda ajoyib tarzda harakat qildi va himoyachini chalg‘itib, chap oyoqda kuchli zarba berdi — 1:0.
Shundan so‘ng, tashabbus to‘la “Arsenal” tarafiga o‘tgandek ko‘rindi. Arsen Venger shogirdlari juda yengil va tez harakatlanayotgan bir vaqtda, “Siti” futbolchilari nisbatan sekin va og‘ir harakatlandi. Orada, Nasri va Navaslar xavfli burchak to‘plarini amalga oshirganiga qaramay, “Arsenal” Kabalyero darvozasini ikkinchi bor ishg‘ol qila oldi. Jarima maydonida chaqqon harakat qilgan Sanogo to‘pni Remzining oyoqlariga tashlab berdi — 2:0. Qolgan daqiqalarda “Siti” o‘ziga kelishga urinsa-da, aytarli xavfli vaziyatlarni yarata olmadi va birinchi bo‘lim shu tariqa Venger jamoasining ishonchli g‘alabasi bilan tugadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Venger Oksleyd-Chemberlenni maydonga tushirdi va londonliklarning o‘yin tempini saqlab qolishga erishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida shuningdek, Olive Jiru ham maydonda paydo bo‘ldi va “Siti” darvozasi oldida bosim kuchaydi. “Shaharliklar” to‘pni o‘z nazoratiga olishga va pozitsion hujumlar amalga oshirishga harakat qildi, ammo golli vaziyatlar deyarli sodir bo‘lmadi.
O‘yinning 61-daqiqasida esa, “Arsenal” o‘yin masalasini hal qilgan golni urdi. Olive Jiru o‘ziga yaratilgan imkoniyatni birinchi urinishdayoq golga aylantirdi.
Qolgan daqiqalarda o‘yin tempi biroz pasaydi va “Siti” mag‘lubiyatni tan olgan holda o‘yinni davom ettirdi. Arsen Venger mavsumdagi ilk o‘yindayoq ajoyib jamoa tuza olganini ko‘rsatdi. Amaldagi chempion — “Manchester Siti” esa biroz horg‘in ko‘rindi.
Qayd etish lozim, “Arsenal” Angliya Superkubogini so‘nggi bor 2004-yil qo‘lga kiritgan edi. Oradan 10 yil o‘tib, Venger shogirdlari yana superkubokda zafar quchdi.
“Arsenal” — “Manchester Siti”: 3:0 (2:0) (10-avgust, “Uembli” stadioni)
“Arsenal”: Shchensni, Debyushi, Chembers, Kosyelni (Monreal 46), Gibbs, Kasorla (Rositski 65 (Joyel-Kembel 85), Arteta, Sanches (Oksleyd-Chemberlen 46), Uilsher, Remzi, Sanogo (Jiru 46).
“Manchester Siti”: Kabalyero, Kolarov, Boyata, Nastasich, Klishi, Yaya Ture (Djeko 58), Fernando, Navas (Sinkleyr 85), Nasri (Silva), Yovetich, Jeko.