Главная » Yangiliklar » Arzon uy-joy olish bo`yicha yangicha tartib
Arzon uy-joy olish bo`yicha yangicha tartib

Arzon uy-joy olish bo`yicha yangicha tartib

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Arzon uy-joy olish bo`yicha yangicha tartib
  • Дата релиза: 17-06-18, 17:05
Arzon uy-joy olish bo`yicha yangicha tartib
2018 yil 9 fevralda Vazirlar Mahkamasining “Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” qarori qabul qilindi.

Mazqur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 noyabrdagi “Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori bekor qilindi. Ya`ni, mahalla fuqarolar yig`inlarining bu sohadagi faoliyati to`xtatildi. Bu vakolatga tuman hokimliklarida tashkil etiladigan maxsus komissiya ega bo`ldi.

Qarorga ko`ra, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyhalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi yangi nizom tasdiqlandi.

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan oilalarga quyidagilar kiradi:

— boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila;

— ko`p bolali oilalar;

— to`liq bo`lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar);

— daromadi yuqori bo`lmagan oila (bir oydagi jami daromadi har bir oila a`zosiga belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorigacha to`g`ri keladigan oila);

— tarkibida birinchi guruh nogironi bo`lgan yoxud surunkali kasallikning og`ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo`lgan oila;

— uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bo`lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv. metrdan kam bo`lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo`lmagan oilalar endilikda tuman hokimi huzurida tashkil etilgan doimiy komissiyaga murojaat etib, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni olish uchun kerakli yozma tavsiyani olish uchun uy-joyi yo`qligi to`g`risida asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda mazqur nizom talablari asosida ishlab chiqilgan anketa-arizani komissiya raisi (tuman hokimi) nomiga yozish bilan murojaat etishlari mumkin.

Tuman komissiyasiga qanday hujjatlar taqdim qilinadi?

* Ariza;

* Pasport nusxasi;

* Soliq to`lovchining identifikasiya raqami nusxasi (STIR);

* Oila a`zolari pasportlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to`liq oila va nikoh hamda voyaga etgan farzandlar mavjud bo`lgan taqdirda) va/yoki farzandlar tug`ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga etmagan farzandlar mavjud bo`lgan taqdirda) nusxalari;

* Yashash joyidan oila tarkibi to`g`risida ma`lumotnoma;

* Nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh bekor qilinganligi yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to`g`risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to`g`risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYo) arxividan ma`lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda) ;

* Doimiy ish joylaridan berilgan ariza beruvchi va u bilan birga yashayotgan oila a`zolarining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to`g`risida ma`lumotnoma yoki ariza beruvchi va uning oila a`zolarining yashash joyidagi davlat soliqxizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar to`g`risidagi deklarasiyalar nusxalari;

* Doimiy propiska joyidan kadastr hujjati nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to`g`ri kelsa);

* Doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo`yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to`g`ri kelsa);

* Ijara yoki turar joydan tekinga foydalanish to`g`risida shartnoma yoki er resurslari va davlat kadastri tuman bo`linmasi ma`lumotnoma nusxasi (ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyi bo`lmagan holatda);

* Nogironlik guruhi ko`rsatilgan holda pensiya guvohnomasi, ushbu hujjat mavjud bo`lmagan taqdirda Sog`liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasidagi tumanlararo (tuman) tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) ma`lumotnoma nusxasi (oila a`zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjud bo`lgan holatda);

* Turar joyi bo`yicha tuman davolash-profilaktika muassasaning vrachlik-maslahat komissiyasi (VMK) ma`lumotnomasi yoki ariza beruvchining oila a`zolari orasida surunkali kasallikning og`ir turlaridan azob chekuvchi va O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro`yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo`lgan shaxsning mavjudligi holatida — tumanlararo (tuman) TMEK ma`lumotnomasi.

Ariza necha kunda ko`rib chiqiladi?

Dasturda ishtirok etish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlar qayd qilingan oxirgi sanasidan boshlab tuman komissiyasi tomonidan 15 ish kunida ko`rib chiqiladi. Tekshirish dalolatnomasi tuziladi. Tuman komissiyasi tomonidan ariza beruvchilarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ariza beruvchilarning ijtimoiy va uy-joy sharoitlarining asosiy ko`rsatkichlari e`tiborga olinib, 60 ballik tizimda baholanib, 2-nusxada yozma tavsiya beriladi.

Ariza qanday hollarda rad etilishi mumkin?

Quyidagi hollarda yozma tavsiya berish ariza beruvchiga rad etilishi mumkin:

a) ushbu Nizomning 6-bandida ko`rsatilgan hujjatlar to`liq bo`lmagan hajmda taqdim etilishi;

b) hujjatlar Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;

v) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma`lumotlar mavjudligi;

g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan, uning ushbu Nizomning 11-bandida ko`rsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan o`rganish yakunlari bo`yicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yo`qligi holatining asosli ko`rsatilishi;

d) Dastur va qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo`yicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturlari doirasida ilgari qishloq joylarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan uy quruvchining va/yoki uning oila a`zolari (eri, xotini, ota-onasi, farzandlari)ning takroriy murojaati.

Yuqorida ko`rsatilgandan boshqa asoslar bo`yicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yo`l qo`yilmaydi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: