
ASIAN FIGHT-2017 ChIPTALARI NARXI ANIQ BO`LDI
- Категории: Yangiliklar
- Название: ASIAN FIGHT-2017 ChIPTALARI NARXI ANIQ BO`LDI
- Дата релиза: 15-08-17, 16:27
“ASIAN FIGHT-2017” xalqaro sport turniri Tashkiliy qo`mitasi ayni paytda tadbirga jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda.
Hozirgi kunga kelib professional miks-silat yo`nalishi bo`yicha jang qiladigan sportchilar aniqlab bo`lindi. Yurtimiz sharafini 8 nafar asl o`zbek o`g`loni himoya qiladi. Ularga qarshi esa turli xorijiy davlatlarning eng kuchli sportchilari ringga ko`tariladi.
Turnir chiptasi juda xaridorgir bo`lishi kutilmoqda. Hozirdan uni so`rayotgan odamlarning sanog`i yo`q. Tashkiliy qo`mita bu bo`yicha ham alohida ma`lumot berdi:
“ASIAN FIGHT-2017” xalqaro sport turniri chiptalari narxi 50 ming so`mdan boshlanadi. Narxlar sektorlardan kelib chiqqan holda turlicha bo`ladi. Chiptalar tez kunda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Boshqalardan farqli o`laroq, “ASIAN FIGHT-2017” tashkilotchilari muxlislarga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida chiptalar sotuvini stadion kassalari bilan bir qatorda Arba.uz va Click.uz orqali ham yo`lga qo`moqda. Bu usul stadion kassasi oldida tumonat odam yig`ilib, katta navbat hosil bo`lmasligi, olibsotarlar qo`liga chiqib ketmasligi, chiptani o`z narxida sotishni ta`minlashga katta yordam beradi.
Hammasi oddiy, qulay va zamonaviy. Telefoningiz orqali joy tanlaysiz, pulni o`tkazasiz. Chiptani olishning ikki yo`li bor. Istasangiz borib aytilgan joydan chiptani olasiz yoki qo`shimcha haq evaziga Arba.uz uyingizga olib kelib beradi. Ayniqsa, shundoq ham kundalik hayotda Arba.uz faoliyatidan foydalanayotgan minglab yurtdoshlarimiz uchun bu ayni muddao.
“ASIAN FIGHT-2017” ko`plab syurprizlarni e`lon qilish arafasida. Xushxabarlarni kutib qolamiz.
Manba: Darakchi.uz