Avgust oyidan aholiga etkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi oshadi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Avgust oyidan aholiga etkazib beriladigan suyultirilgan gaz narxi oshadi
- Дата релиза: 19-07-18, 02:00
Hozirgi kunda respublikamizdagi 6 million 143 ming iste`molchiga gaz yoqilg`isi etkazib berilmoqda. Shundan 3 million 300 mingta uy-joy, 83 mingga yaqin ulgurji iste`molchi tabiiy, 2 million 760 ming aholi xonadonlari esa suyultirilgan gaz bilan ta`minlanmoqda.
Bu haqda “O`ztrancgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi, Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha respublika Kengashi ishtirokida tashkil etilgan konferensiyada aytib o`tildi, deb xabar bermoqda "Xalq so`zi" nashri.
Ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so`m, Andijon, Namangan, Farg`ona, Toshkent viloyatlarida 700 so`m, qolgan hududlarda esa 500 so`mdan etkazib berilyapti. Joriy yilning 1 avgustidan esa aholiga beriladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz barcha hududlar uchun bir xil — 800 so`m etib belgilanmoqda.
Anjumanda, shuningdek, murojaatlarni ko`rib chiqishda gaz ta`minoti korxonalari xodimlarining muomala va huquqiy madaniyatiga e`tibor qaratish, yuzaga keladigan nizoli va bahsli holatlarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar “O`ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yil boshida ishga tushirilgan zamonaviy “Call center” faoliyati bilan tanishdilar.
Tadbirda “O`ztransgaz” AJ va Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi o`rtasida Memorandum imzolandi.
Manba: Darakchi.uz