AVTOMOBILI BORLARGA BOLA PULI BERILMAYDIMI?
- Категории: Yangiliklar
- Название: AVTOMOBILI BORLARGA BOLA PULI BERILMAYDIMI?
- Дата релиза: 10-08-17, 14:21
AVTOMOBILI BORLARGA BOLA PULI BERILMAYDIMI?
"Onamning hovlisida oilam bilan yashaymiz. Turmush o`rtog`im Rossiyada ishlab topgan puliga “Matiz” avtomobilini sotib olgan. Shu bilan kira qiladi. Topgan puliga “qora” qozonimiz qaynaydi. Men ishlamayman. “Mahalla” fuqarolar yig`inidan farzandim uchun 2 yoshgacha beriladigan bola puli berishlarini so`rasam, engil avtomobili borlarga bola puli berilmaydi, deyishyapti. Haqiqatdan shundaymi? Axir uy-joyimiz yo`q, uch nafar farzandimiz bor-ku.
Ra`no Jo`raboeva, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri.
Aybek GANIBOEV, O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi huquqshunosi:
— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 8-bandida "14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam har bir oila a`zosiga o`rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish xaqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga tayinlanishi", 22-bandida "O`rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a`zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:
mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlar;
mulkiy daromadlar;
yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a`zolaridan pul tushumlari summasi;
pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordamdan tashqari);
shaxsiy yordamchi (dehqon) xo`jaligini yuritishdan olingan daromad;
O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar" belgilangan.
Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa fuqarolar yig`ini tomonidan vakolat berilgan Komissiyaning qaroriga asosan tayinlanadi va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan to`lanadi.
Manba: Darakchi.uz