Batareyani hozirgidan to‘rt barobar tezroq quvvatlay oladigan dastur ishlab chiqilmoqda
- Категории: Yangiliklar
- Название: Batareyani hozirgidan to‘rt barobar tezroq quvvatlay oladigan dastur ishlab chiqilmoqda
- Дата релиза: 14-08-14, 04:22
Batareyaning tezroq zaryadlanishiga yordam bera oladigan dastur ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda Technology Review ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Qnovo nomli startap batareyani zaryadlanishini hozirgidan ko‘ra to‘rt barobar tezroq qilib bera oladigan dastur ustida ishlamoqda. Ya’ni hozirda smartfon 15 daqiqa zaryadlansa, undan taxminan bir yarim soat foydalanish mumkin. Biroq Qnovo dasturi o‘rnatilgan smartfonda 15 daqiqa zaryadlangan batareyaning quvvati 3 soatdan 6 soatgacha yetadigan bo‘ladi.
Startap mualliflarining ta’kidlashicha, Qnovo loyihasi ishlatilgan smartfonlar keyingi yilning boshidan paydo bo‘lishi mumkin. Ammo aynan qaysi smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Qnovo loyihasidan foydalanishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Bu dastur nafaqat smartfon uchun ishlatilishi, balki uni elektr yordamida harakatlanuvchi transport vositalarida ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.