Belaruslik dasturchi 3D-printerda qo‘l protezini tayyorladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Belaruslik dasturchi 3D-printerda qo‘l protezini tayyorladi
- Дата релиза: 10-10-16, 12:06
Minsklik dasturchi Oleg Galsev otasi uchun qimmat bo‘lmagan qo‘l protezi yaratdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Elektromexanik qo‘lning asosiy qismlari 3D-printerda tayyorlandi. Protez taxminan 1500 dollarga tushdi, vaholanki, Yevropada bunday qurilma narxi 30 ming dollargacha borishi mumkin.
Dasturchi tarmoqda istalgan kishi mustaqil ravishda protezni tayyorlashiga yordam beradigan 3D-printerda chop etish uchun tayyor fayl va asosiy qismlar ro‘yxatini joylashtirdi.