Главная » Yangiliklar » Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi mumkin
Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi mumkin

Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi mumkin
  • Дата релиза: 27-08-14, 22:42
Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi mumkin

Bir-birini tushunmaslik do‘stni dushmanga aylantirishi haqida Jaloliddin Rumiyning shunday masali bor.
 Turli tillarda turlicha aytilgan aynan bir so‘z ba’zan o‘zaro nizoga sabab bo‘lishi mumkin. Turk, arab, fors va yunon millatidan bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchiga bir saxiy odam oltin tanga hadya etadi. Yo‘lovchilar o‘rtasida tangani qanday sarflash borasida janjal chiqadi.

 Forsiy tilda so‘zlovchi yo‘lovchi sheriklariga:
 — Yuringlar, bozorga boramiz-da, angur* sotib olamiz, —deydi.
 — Ey firibgar! — uning so‘zini bo‘ladi arab. — Men angur emas, eynab* yeyishni xohlayman!

 Turkiy yo‘lovchi esa ularning har ikkisiga e’tiroz bildirib, shunday deydi:
 — Birodarlar, nega shovqin ko‘tarasiz, balki bu pulga uzum sotib olarmiz?

 Yunonistonlik yo‘lovchi esa:
 — Qanday odamsiz o‘zi. Kelinglar, stafil* sotib olamiz-da, maza qilib yeymiz, — deydi.

 Shu tariqa to‘rt yo‘lovchi bir-birini tushunmay, janjallashib qoladilar. Aslida ular aynan bir narsani istashardi.
 To‘rt yo‘lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rosa do‘pposlashdi.
 Agar ularning orasida yuz tilni biladigan odam bo‘lganda bir so‘z bilan nizoga chek qo‘yishi mumkin edi.

Логин:
Пароль: