BOLALAR BOG`ChAGA ENDI 3 YoShDAN QABUL QILINADI
- Категории: Yangiliklar
- Название: BOLALAR BOG`ChAGA ENDI 3 YoShDAN QABUL QILINADI
- Дата релиза: 14-08-17, 16:31
BOLALAR BOG`ChAGA ENDI 3 YoShDAN QABUL QILINADI
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi "Maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to`g`risida"gi 528-sonli qarori chop etildi. Maktabgacha ta`lim muassasasi (MTM) faoliyatiga doir qoidalar “Norma.uz” saytida e`lon qilindi.
Hujjat bilan maktabgacha ta`limga taalluqli bo`lgan 4 ta nizom tasdiqlandi.
MTM maqsadlari quyidagilardan iborat:
bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
bolalarni ta`lim va tarbiya orqali maktabga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta`limga jalb qilish.
Davlat maktabgacha ta`lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar qabul qilinadi (avval bu ko`rsatkich 2-6 yoshni tashkil qilgan, alohida holatlarda 7 yoshgacha qatnashga ruxsat berilgan).
Bolalarni MTMlarga qabul qilish uchun qabul komissiyalari tuziladi. Ushbu komissiyalar 5 nafar kishidan iborat bo`ladi.
qabul komissiyasi raisi — xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limi mudiri;
qabul komissiyasi a`zolari — davlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, metodisti va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi vakili.
qabul komissiyasi kotibi — xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limining maktabgacha ta`limi bo`limi mutaxassisi.
Davlat MTMlariga yo`llanma olish uchun ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o`rinlarda ota-onalar deb ataladi) tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga qabul qilish bo`yicha yo`llanma berish to`g`risida ariza;
bolaning tug`ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi;
bolaning otasi yoki onasining pasport nusxasi;
yashash joyidan ma`lumotnoma;
ota-onasining ish joyidan ma`lumotnoma (agar ishlasa).
Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan etti kun muddatda ko`rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
bolani ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko`rsatilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga qabul qilish uchun yo`llanma berish to`g`risida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko`rsatilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasasida bo`sh o`rin bo`lmagan hollarda topshirilgan hujjatlarni navbatga qo`yish to`g`risida;
ota-onalar tomonidan yozilgan arizada ko`rsatilgan davlat maktabgacha ta`lim muassasasida bo`sh o`rin bo`lmagan hollarda, ota-onalarning xohishiga ko`ra tegishli hududdagi bo`sh o`rin (joy) mavjud bo`lgan boshqa davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga yo`llanma berish to`g`risida.
Qabul komissiyasining qarori haqida uch kun muddatda ariza beruvchilarga ma`lum qilinadi.
Manba: Darakchi.uz