Главная » Yangiliklar » Bolalarni bog`chaga qabul qilish tartibi o`zgardi
Bolalarni bog`chaga qabul qilish tartibi o`zgardi

Bolalarni bog`chaga qabul qilish tartibi o`zgardi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bolalarni bog`chaga qabul qilish tartibi o`zgardi
  • Дата релиза: 02-05-18, 17:01
Bolalarni bog`chaga qabul qilish tartibi o`zgardi
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi qarori bilan Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Mazkur hujjat bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish sohasidagi muammolardan kelib chiqib qabul qilindi va o`z navbatida xalqimiz uchun mazkur sohada engiliklarni yaratdi.

Jumladan, ilgari bolalarni bog`chaga qabul qilish bo`yicha murojaatlar faqat fuqaroning o`zi kelgan holda haftaning seshanba va juma kunlari qabul qilingan bo`lsa, yangi tartibga asosan fuqaro bu masaladagi murojaatlarini davlat xizmatlari markaziga haftaning xohlagan ish kuni o`zi borgan holda topshirishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali har kuni, shuningdek onlayn rejimda topshirish imkoniga ega bo`ldi.

Yana bir yangilik shundan iborat bo`ldiki, endi har bir ota-ona bog`chalarning rasmiy veb-sayti orqali bog`chaning sig`imi va mavjud bo`sh o`rinlar to`g`risidagi ma`lumotlar, anketalar ro`yxati hamda navbatga kiritilganlar to`g`risida ma`lumotlar bilan doimiy tarzda tanishib borishi mumkin. Bu yangiliklar doimiy tarzda yangilab boriladi.

Shu bilan birga, murojaat etuvchi farzandini bog`chaga joylashtirish uchun ilgari 5 turdagi hujjatlarni taqdim qilgan bo`lsa, yangi tartibga ko`ra faqat anketa to`ldirish talab etiladi. Bundan tashqari, ilgari bu masaladagi murojaatlar 10 kunda ko`rib chiqilgan bo`lsa, bu muddat endi bir ish kuni etib belgilandiqisqartirildi.

Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul komissiyasi arizani ko`rib chiqish natijasida yo`llanma berish, arizani navbatga qo`yish va arizachiga bo`sh joy mavjud bo`lgan boshqa muassasani taklif qilish to`g`risidagi qarorlardan birini qabul qilish tartibi bekor bo`lib, endilikda maktabgacha ta`lim bo`limi anketaga asosan yo`llanma rasmiylashtiradi yoki uni navbatga qo`yadi.

Nogiron bo`lgan shaxslarning, uch nafar yoki undan ko`p bolalari bo`lgan oilalarning, harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining, talabalar va pedagoglarning bolalari, etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan hamda boshqa muassasalardan o`tkazilgan bolalar, shuningdek akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar anketalari imtiyozli ro`yhatga kiritildi.

Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasasiga qabul qilish bo`yicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: