Главная » Yangiliklar » Bu yil kartoshka arzon bo`ladi...mi?
Bu yil kartoshka arzon bo`ladi...mi?

Bu yil kartoshka arzon bo`ladi...mi?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bu yil kartoshka arzon bo`ladi...mi?
  • Дата релиза: 02-05-18, 17:00
Bu yil kartoshka arzon bo`ladi...mi?
2019–2022 yillarda har yili 12500 tonna elita kartoshka urug`ini import qilish va kartoshkani biotexnologik usulda in-vitro sharoitida etishtirish rejalashtirilmoqda.

Kartoshka etishtiruvchilar uyushmasidan O`zAga ma`lum qilishlaricha, bu yil mamlakatimizda kartoshka etishtirish uchun 74 ming 175 gektar maydon ajratilgan. Kartoshka etishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlardagi fermer xo`jaliklariga 40000 tonna urug`lik kartoshka impor qilinadi.

Hozirda mamlakatimizda kartoshkaning ertapishar navlaridan – latona, fresko, red skarlet; o`rtagi ertagi navlardan – kondor, marfona, romano, kuroda, sante; o`rtapishar navlardan – umid-2, aladin, arinda, arnova; o`rtagi kechki – mondial, diamant, pikasso kabi navlar ekiladi. Ularning ekish muddatlari viloyatlarning tuproq iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, shu kunga qadar aholining kartoshkaga bo`lgan talabining asosiy qismi tomorqalarida etishtirilgan yoki chet davlatlardan import qilingan hosil evaziga qoplangan. Bu esa ichki bozorda narx-navoning oshishiga, kasallik va zararkunandalarning ko`payishiga, mahsulotlarning standart talablariga mos kelmasligiga turli xildagi reproduktiv navlarning ekilishi natijasida hosildorlikka ta`sir etgan.

Prezidentimizning qarori asosida Kartoshka etishtiruvchilar uyushmasining tashkil etilishi yurtimizda yuqori hosilli urug`lik kartoshka bilan ichki bozorni to`ldirish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash, hosilni saqlash va qayta ishlash, nav tozaligi va urug`likni standart talablariga mosligini ta`minlaydi.

Kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida Qo`rg`ontepa tumani, Shahrisabz, Kitob, Yangiqo`rg`on, Bulung`ur, Zomin, Baxmal, Bo`stonliq va So`x tumanlari kelgusida urug`lik kartoshka etishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Shuningdek, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Jizzax, Farg`ona viloyatlarida kartoshkachilik markazi, O`simliklar texnologiyasi va Invitro laboratoriyalarini tashkil etish tadbirlari boshlab yuborildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: