Главная » Yangiliklar » Bugun 2014-yildagi so‘nggi super Oy kuzatiladi
Bugun 2014-yildagi so‘nggi super Oy kuzatiladi

Bugun 2014-yildagi so‘nggi super Oy kuzatiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Bugun 2014-yildagi so‘nggi super Oy kuzatiladi
  • Дата релиза: 09-09-14, 22:35
Bugun 2014-yildagi so‘nggi super Oy kuzatiladi

9-sentabr, seshanbaga o‘tar kechasi Yer aholisi shu yil uchun eng so‘nggi super Oy guvohi bo‘lishlari mumkin. Bu safar Oygacha bo‘lgan masofa 359,1 ming kilometrga teng bo‘ladi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.

 Oy perigey (Oy orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasi)da bo‘lgan vaqtida apogey (Oy orbitasining Yerdan eng uzoq nuqtasi)ga nisbatan 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq ko‘rinadi.

 Perigeyda Oy apogeydagiga qaraganda Yerga taxminan 50 ming kilometrga yaqinroq keladi.

 Ushbu hodisa to‘lin oy yoki yangi oyning Oy va Yerning bir-biriga eng yaqin kelgan paytiga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liq.

 Super Oy har yili kuzatilavermaydi, shu bilan birga, bir yil ichida bir necha marta ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan 2014-yilda bunday hodisa beshinchi marta yuz bermoqda: yanvar oyida ikki marta hamda 12-iyul va 10-avgustda ham super Oy kuzatilgan.

Логин:
Пароль: