Bugun "Bunyodkor" klubi tashkil etilganiga 12 yil to`ldi
- Категории: Futbol yangiliklari
- Название: Bugun "Bunyodkor" klubi tashkil etilganiga 12 yil to`ldi
- Дата релиза: 06-07-17, 13:59
Bugun “Bunyodkor” futbol klubi tashkil etilganiga roppa-rosa 12 yil to`ldi.
Klub 2005 yilning 6 iyul sanasida tashkil topgan. O`shanda “Quruvchi” nomi ostida faoliyat yurita boshlagan jamoa xavaskorlar o`rtasidagi Toshkent shahar chempionati orqali birinchi ligaga yo`llanma beruvchi o`tish turnirining final bosqichida ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko`ra, “Quruvchi” birinchi ligaga berilgan yo`llanmalarning birini qo`lga kiritgan.
2006 yil birinchi liga bahslari yakunlariga ko`ra, “Quruvchi” (38 uchrashuv, 27 g`alaba, 5 durang va 6 mag`lubiya bilan) oliy ligada ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi.
Oliy ligadagi debyut mavsumdayoq “Quruvchi” ichki musobaqalarda bir necha yangi rekordlar o`rnatdi. Mamlakat grandlari bilan uchrashuvlarda eng ko`p gol urish, eng kam gol o`tkazish, eng ko`p ochko jamg`arish kabi ko`rsatkichlarda yangi sahifalar ochildi. Qolaversa, debyutant jamoa vakili Ilhom Mo`minjonov mavsum yakunida chempionatning eng yaxshi to`purari nomiga sazovor bo`ldi.
2008 yilning 3 avgustidan boshlab jamoa nomi “Quruvchi”dan “Bunyodkor”ga o`zgartirildi. Qisqa fursat ichida “Bunyodkor” besh karra mamlakat chempioni, uch karra vise-chempion, mamlakat kubogining to`rt karra sohibi, O`zbekiston superkubogi egasiga aylandi. “Bunyodkor” qit`amizning klublar o`rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo Chempionlar ligasida ikki marta yarim finalga qadar etib bordi. 2008 yilda “Bunyodkor” futbolchisi Server Jeparov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olindi. Qit`amiz futbolining eng nufuzli tashkiloti – OFK 2015 yil yakunlariga ko`ra, “Bunyodkor” FK xizmatlarini yana bir bor e`tirof etdi. Mavsum yakunida aniqlangan Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominasiyasining yakuniy uchlik ro`yxatini to`liq “qaldirg`ochlar” to`ldirishdi va yakunda g`oliblik Dostonbek Hamdamovga nasib etdi. O`tgan vaqt mobaynida “Bunyodkor” brendi nafaqat Osiyoda, balki butun dunyo bo`ylab keng tarqaldi.
Xududimizda yagona, zamonaviy talablarga to`liq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega bo`lgan “Bunyodkor” stadionida barpo etildi. Klub qoshidagi futbol maktabi kun sa`yin yangi-yangi marralarni ko`zlagan holda faoliyat yuritmoqda. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari turli yoshdagi O`zbekiston terma jamoalarida harakat qilishmoqda.
Faoliyati davomida “Bunyodkor” bilan bog`liq bo`lgan barcha insonlarni – murabbiylar, futbolchilar, muxlislar, ishchi xodimlar, homiylar va boshqalarni chin dildan muborakbod etamiz. Ishonamizki, jamoamiz hali yangidan-yangi marralarni zabt etib, muxlislarga yorqin g`alabalarni taqdim qiladi.
Manba: Darakchi.uz