Bukmekerlar JCh — 2014 finalini boshqarishda Ermatovni yaqqol favorit sanashmoqda
- Категории: Futbol yangiliklari
- Название: Bukmekerlar JCh — 2014 finalini boshqarishda Ermatovni yaqqol favorit sanashmoqda
- Дата релиза: 08-07-14, 18:24
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov, bukmekerlik idoralari tomonidan JCh — 2014 finalini boshqarish uchun eng asosiy nomzod sifatida qaralmoqda, deya xabar beradi Stadion.uz Bookmakers Rating nashriga tayanib.
Manbaning ma’lum qilishicha, finalni boshqarishga bosh da’vogar aynan Ermatov bo‘lib qolmoqda. Mashhur bukmekerlik idoralaridan biri Betfair Ermatov finalni boshqarishini 2.54 koeffitsiyentda stavkalagan.
Jahon chempionatlari tarixida to‘qqizta uchrashuv boshqarib rekord o‘rnatgan Ermatovdan keyingi nomzod sifatida ko‘rsatilgan portugaliyalik Pedru Proensaning finalni boshqarish imkoniyatini bukmekerlar 5.94 koeffitsiyentda baholagan. Shuningdek, shvetsiyalik Yunas Eriksson, amerikalik Mark Geyger yoki Nikola Ritssolilarning finalda ishlash imkoniyati 6.89 koeffitsiyentida tenglashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ermatov hozircha Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining to‘rtta uchrashuvini hakamlik qildi va jami jahon chempionatlarida ishlagan o‘yinlari soni 9 taga yetdi.
JCh — 2014 final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.