“Bunyodkor”ning OChL-2014dagi statistikasi
- Категории: Futbol yangiliklari
- Название: “Bunyodkor”ning OChL-2014dagi statistikasi
- Дата релиза: 21-05-14, 13:44
O'zbekiston chempioni “Bunyodkor” joriy yilgi Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini nimchorak finalda yakunladi.
Qit'amizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo Chempionlar ligasida ettinchi bor qatnashgan “qaldirg'ochlar” bu safar ham o'zlarining yoqimli an'analarini davom ettirishib, guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tishdi. Biroq nimchorak finalda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga imkoniyat boy berildi.
Umumiy hisobda “Bunyodkor” joriy yilgi turnirda jami 8ta uchrashuvda ishtirok etdi. Shularning 2tasida g'alaba, 2tasida durang va to'rttasida mag'lubiyat qayd etildi. To'plar farqi – 7:11.
Jamoamiz tarkibida maydonga tushgan futbolchilar soni 22tani tashkil etadi. Shularning 3tasi darvozabon, 7tasi himoya, 8tasi yarim himoya va 4tasi hujum chizig'i vakillaridir.
Birgina Oleksandr Pishur barcha uchrashuvlarda to'liq 90 daqiqadan harakat qilgan.
Tarkibdagi eng yoshi katta futbolchi Pavel Bugalo – 39yoshda. Eng yoshi kichik futbolchi esa Mirjamol Qosimov bo'ldi – 18 yosh.