Главная » Yangiliklar » Dangasalikka qarshi kurashishning yangi yaponcha usuli
Dangasalikka qarshi kurashishning yangi yaponcha usuli

Dangasalikka qarshi kurashishning yangi yaponcha usuli

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dangasalikka qarshi kurashishning yangi yaponcha usuli
  • Дата релиза: 18-02-16, 19:35
Dangasalikka qarshi kurashishning yangi yaponcha usuli
Ko‘pchiligimiz dangasaligimizni yengib, hayotda o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishishni istaymiz. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zining juda mehnatkashligi bilan ajralib turuvchi yaponlar biror ishni qilishni xohlamaslikka qarshi samarali usulni allaqachon o‘ylab topishgan. Bu mashq “kaydzen” deb atalib, dangasalarga juda yoqimli jihati shuki, sutkasiga bir daqiqadan ko‘p vaqtni olmaydi. Qanchalik siyqasi chiqqan gap bo‘lib tuyulmasin, ba’zi holatlarda kutilmaganda yuzaga keluvchi erinchoqlik bu jiddiy charchashning birinchi alomatidir. Bizning organizmimiz o‘zimizga qaraganda ancha aqlliroq bo‘lib, o‘zimiz tan olishni istamagan vaziyatlarda muammo yechimini o‘zi topishga urinadi. Juda mas’uliyatli odamlarning surunkali charchoq va holdan toyishdan ko‘proq qiynalishi aniqlangan. Erinchoqlik yuzaga kelishining yana bir sababi bu maqsad va ichki turtkining yo‘qligidir. Umuman olganda, hafsalasizlik o‘z hayotidan ko‘ngli to‘lmaslikdan kelib chiqadi. Yaponcha “kaydzen” so‘zi “kay” (o‘zgarish) va “dzen” (donishmandlik) so‘zlaridan tashkil topgan. Bu g‘oyaning muallifi psixolog Masaaki Imai hisoblanadi. Hammasi juda oddiy: siz bajarishni umuman istamayotgan ishlaringiz uchun bundan keyin faqat bir daqiqa vaqt sarflaysiz. Masalan, sport bilan shug‘ullanish uchun bir soat ajratish siz uchun juda qiyin bo‘lib tuyulsa, 1 daqiqa ichida 60 marta o‘tirib-turish mashqini bajarish unchalik qiyin ish emas. Ko‘z uchun foydali mashq bajarish, yoga bilan shug‘ullanish, chet tildagi kitobni mutolaa qilish – bularning hammasi bilan bir daqiqadan shug‘ullanish charchoq emas, aksincha xursandchilik va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Keyinchalik esa ularga ajratayotgan vaqtingizni biroz uzaytirishni o‘zingiz istab qolasiz. Hech narsaga qodir emaslik va aybdorlik hissi esa o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Masaaki Imai juda kichik bo‘lsa-da, har bir yutug‘ingiz uchun o‘zingizni maqtab qo‘yishingizni maslahat beradi. Muvaffaqiyat sizning harakatlaringiz va urinishlaringiz samarasidir!
Логин:
Пароль: