Dunyoda eng katta qo‘lli ayol operatsiyadan bosh tortmoqda
- Категории: Yangiliklar
- Название: Dunyoda eng katta qo‘lli ayol operatsiyadan bosh tortmoqda
- Дата релиза: 05-09-14, 18:30
Tailandda yashovchi 59 yoshli Duangjey Samaksamam ismli ayol qo‘l barmoqlari mahalliy gigantizmining kamdan-kam uchraydigan shaklidan azob chekadi. Shu kasallik tufayli qo‘llarining har biri bir necha o‘n kilogramm og‘irlikka ega bo‘lgan. Biroq ayol operatsiya qildirishni istamayapti, deb yozadi Daily Star.
Duangjey ushbu xastalikka bolaligida chalingan, 20 yoshigacha ulkan qo‘llari bilan odamlar ko‘ziga ko‘rinishga uyalgan. Biroq sal vaqtdan so‘ng ota-onasi uni oilaviy do‘konda ishlashga majburlagan, Duangjey haligacha o‘sha yerda mehnat qiladi.
Ayol bosh yuvish, qoshiq va vilka bilan ovqatlanish kabi oddiy harakatlarni bajarishga qiynaladi, bundan uning qo‘llariga qattiq og‘riq tushadi. Biroq u og‘riqqa o‘rganib ham ketgan.
25 yoshida Duangjey birinchi operatsiyani boshidan kechirgan: qo‘llaridagi yog‘lar olib tashlangan, ammo ko‘p o‘tmay, ular qaytadan to‘planib, qo‘llari avvalgidan ham kattaroq bo‘lib shishib ketgan. Shifokorlarning aytishicha, uni azoblardan qutqarishning yagona yo‘li — ikkala qo‘lni ham kesib tashlashdir. Ayol esa bunga rozi emas, u mutaxassislar tez orada bu kasallikni davolashning boshqa usulini o‘ylab topishiga umid qilmoqda.
Duangjey Samaksamamning muammosi haqida dunyoning turli mamlakatlaridagi shifokorlar xabar topgan, biroq hech kim unga yordam bera olmayapti. Shunday bo‘lsa-da, ayol protez taqqandan ko‘ra, kasal bo‘lsa ham o‘zining qo‘liga ega bo‘lishni afzal bilmoqda.