Главная » Yangiliklar » Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi
Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi
  • Дата релиза: 05-09-14, 18:28
Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi

Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi, yiliga jami 800 mingdan ortiq kishi o‘z hayotiga nuqta qo‘yadi.

 Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining o‘z joniga qasd qilish oldini olish bo‘yicha birinchi ma’ruzasida aytiladi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS”.

 Hujjatda ta’kidlanishicha, o‘n yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu muammo dunyoning barcha mintaqalarida uchrashi va barcha yosh guruhlarida qayd etilishi aniqlangan.

 Sayyoradagi o‘z joniga qasd qilishlarning uchdan ikki qismi past va o‘rtacha daromadli mamlakatlarda sodir bo‘ladi. Jahonda 15—29 yoshli yigit-qizlarning o‘limi sabablari ichida o‘z hayotiga qasd qilish ikkinchi o‘rinda turadi.

 Bu sohadagi riskning asosiy omillari sifatida ruhiyatning buzilishi, spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish, moliyaviy muammolar, surunkali kasalliklar tilga olinadi.

 Bundan tashqari, tibbiy xizmatlardan foydalanish va zarur yordamga ega bo‘lishdagi qiyinchiliklar, o‘zini o‘ldirish uchun kerakli vositalarni osongina qo‘lga kiritish imkoniyati, suitsid hollaridan shov-shuv keltirib chiqaradigan OAVlar ham xudkushlik riskini oshiradi. Boshqa risklar orasida urush va nochorlik tilga olingan.

 Ancha boy mamlakatlarda erkaklar xudkushligi ayollarnikiga nisbatan uch marta ko‘proq sodir bo‘ladi. O‘rtacha va past daromadli mamlakatlarda esa erkaklar orasidagi suitsid 1,5 barobar ko‘proq uchraydi.

Логин:
Пароль: