Ebola yuqtirib olmaslik uchun shar ichiga kirib olgan reper
- Категории: Yangiliklar
- Название: Ebola yuqtirib olmaslik uchun shar ichiga kirib olgan reper
- Дата релиза: 12-10-14, 23:06
Amerikalik reper Akonning Kongodagi konserti mojaroga sabab bo‘ldi. Ebola bezgagiga duchor bo‘lgan afrikaliklarni qo‘llashni istagan xonanda o‘z sog‘lig‘ini o‘ylab, germetik rangsiz shar ichida chiqish qildi. Bu haqda Daily News’ga tayanib, “Vesti” xabar bermoqda.
Qisqa muddatda internetda Akonning Goma shahrida katta sharda o‘tirib, ko‘plab muxlislar qo‘lida sayr qilayotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘la boshladi.
“Bezgak yuqtirib olmaslik uchun menga Akonnikidek shar kerak. Men unda ishlayman”, — deb qayd etdi muxlislardan biri o‘z tvitterida.
Qo‘shiqchining o‘zi esa mazkur yangilikka hech qanday izoh bermadi.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, reper bundan avval ham o‘z dasturlarida shardan foydalangan. Masalan, 2010-yil Akon Avstraliyadagi shouda muxlislarini sharda o‘tirgan holda xursand qilgan