Edgar Gess: "Bunday natijani kutmagan edim"
- Категории: Futbol yangiliklari
- Название: Edgar Gess: "Bunday natijani kutmagan edim"
- Дата релиза: 02-06-14, 14:04
"Buxoro" - "Mash'al" (3:4) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Edgar Gess qatnashdi.
"Bunday natijani kutmagandim. Biz bir jamoaga aylanib bo'ldik deb o'ylagandim. Bungacha "Bunyodkor", "Paxtakor" bilan durang o'ynagandik. Balki haddan tashqari kuchli hayajon bo'lgandir", - deb gap boshladi Edgar Gess.
"Biz gol urishimiz kerak bo'lgan birinchi vaziyatda to'p to'singa tegdi. Keyin Firdavs Asadov gol ura olmadi. Ular esa o'z imkoniyatlaridan foydalana olishdi. Himoyadagi kutilmagan xatolar bo'ldi. Muxlislardan uzr so'rayman, bunday natijaga ular loyiq emaslar. Biroq uchrashuv so'nggida 0:4 hisobida mag'lub bo'lib turib 3ta gol urdik. Kechroq bo'lsa ham o'zimizga kela oldik".
"Birinchi bo'limning o'zida ikkita futbolchini almashtirganimga kelsak, qaerda xatolar bo'layotganini ko'rdim. Shu bois ikkita yangi futbolchini tushirdim. O'yindan oldin yigitlar g'alaba qozonsak 5 yoki 6-o'ringa chiqamiz deb o'ylashlari oqibatida ko'p hayajonlanishdi. Shu sababli ham natija salbiy bo'ldi deb o'ylayman", - deydi Gess.