Endi ishga qabul qilishda propiska talab qilinmaydi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Endi ishga qabul qilishda propiska talab qilinmaydi
- Дата релиза: 11-01-19, 02:57
O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta`minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan kiritilgan o`zgartirishlarga asosan, ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmaydi. Bu haqda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks va Mehnat kodeksiga tegishli o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Xususan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksdan vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilganlik uchun ish beruvchini ma`muriy javobgarlikka tortishga asos bo`luvchi 223-2-modda chiqarib tashlandi.
Xuddi shunday, Mehnat kodeksidan ham ishga kirayotgan shaxs vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo`yicha hisobda turmagan bo`lsa ishga qabul qilishni rad etish mumkinligi haqidagi qoida chiqarib tashlandi.
Shuningdek, o`n olti yoshga to`lishi munosabati bilan o`z vaqtida pasport olmaganligi uchun ma`muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilandi (buning uchun 18 yoshga qadar pasport olish kerak).
Manba: Darakchi.uz