Главная » Yangiliklar » Erini uyiga qaytarmoqchi bo`lgan ayol 9 oylik bolaning tanasiga ignalarni sanchgani ma`lum bo`ldi
Erini uyiga qaytarmoqchi bo`lgan ayol 9 oylik bolaning tanasiga ignalarni sanchgani ma`lum bo`ldi

Erini uyiga qaytarmoqchi bo`lgan ayol 9 oylik bolaning tanasiga ignalarni sanchgani ma`lum bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Erini uyiga qaytarmoqchi bo`lgan ayol 9 oylik bolaning tanasiga ignalarni sanchgani ma`lum bo`ldi
  • Дата релиза: 09-07-18, 14:02
Erini uyiga qaytarmoqchi bo`lgan ayol 9 oylik bolaning tanasiga ignalarni sanchgani ma`lum bo`ldi
Xabaringiz bor, avvalroq, Dushanbeda Milliy tibbiyot markazi shifokorlari 9 oylik go`dak tanasida 10ta igna borligi aniqlashgani haqida xabar bergan edik.

Tojikistonning Rudakiy tumaniga qarashli Sarikishti qishlog`ida yashovchi 26 yoshli ushbu ayolni milisiya xodimlari qamoqqa oldi. Uning shaxsi tergov manfaatlarini o`ylab sir tutilmoqda.

Ayol 9 oylik bolasining tanasiga 10 ta ignani sanchganlikda ayblanmoqda. Bola salomatligi xavf ostida qolgan. Surishtiruvlar da ayol shu yo`l bilan Rossiyada qolib ketgan erini qaytarmoqchi bo`lgani aytilmoqda. Bu haqda “Sputnik" xabar berdi.

Dushanbedagi Karabolo tibbiyot markazi vrachlari bolaning bosh chanog`i, burun pastki qismi, oyoqlari, bo`yni, ko`krak qafasida, jami 10 ta igna mavjudligini aniqlashdi. Jarrohlik amaliyoti natijasida ignalarning 6 tasi olib tashlandi. To`rttasini qayta jarrohlik amaliyoti tashkil etish yo`li bilangina olib tashlash mumkin ekan. Mutaxassislar aytishicha, agar shu ignalarni bola yutganda, ichak va boshqa ichki a`zolariga jiddiy ziyon etgan bo`lar edi.

Hozirgi kunda ayolga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: