Главная » Yangiliklar » Ertaga 16 yanvar kuni yomg'ir, qor yog'ishi kutilmoqda!
Ertaga 16 yanvar kuni yomg'ir, qor yog'ishi kutilmoqda!

Ertaga 16 yanvar kuni yomg'ir, qor yog'ishi kutilmoqda!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ertaga 16 yanvar kuni yomg'ir, qor yog'ishi kutilmoqda!
  • Дата релиза: 15-01-18, 14:42
Ertaga 16 yanvar kuni yomg'ir, qor yog'ishi kutilmoqda!
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 2-7 daraja sovuq, Ustyurt bo`ylab kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi havo harorati 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi ( yomg`ir, qor yog`adi). Tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, qor yog`adi, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: