Farg`ona viloyati hokimining ikki o`rinbosari o`zgardi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Farg`ona viloyati hokimining ikki o`rinbosari o`zgardi
- Дата релиза: 17-06-18, 17:04
Xalq deputatlari Farg`ona viloyat kengashining navbatdan tashqari 32-sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamda O`zbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi Umar Ismoilov ishtirok etdi. Yig`ilishni kengash raisi, viloyat hokimi Shuhrat G`aniev olib bordi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi sayti.
Sessiya kun tartibida davlat rahbari Shavkat Mirziyoevning joriy yil 12-13 iyun kunlari Farg`ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha belgilab bergan vazifalar va viloyat faollari bilan o`tkazilgan yig`ilish davomida berilgan topshiriqlar, tashkiliy hamda boshqa masalalar ko`rib chiqildi.
Sessiya qaroriga ko`ra, Farg`ona viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Sadriddin Burxonovich Qo`chqorov o`rniga Akmalxon Jo`raxonovich Ortiqov hamda qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari Alibek Ma`murjonovich Tursunov o`rniga Shuhrat Jo`raqulovich Teshaev tayinlanganligi ma`qullandi.
Yig`ilishda viloyat hokimining yangi tayinlangan o`rinbosarlari mamlakat rahbari e`tiboriga tushgan, yuqori bilim va kasbiy tajribaga ega, mehnat faoliyati davomida samarali ishlagan eng yaxshi kadrlardan ekanligi ta`kidlab o`tilgan.
Manba: Darakchi.uz