Feruza Normatova: Oilam tinchligi uchun san’atdan voz kechishga tayyorman
- Категории: Yangiliklar
- Название: Feruza Normatova: Oilam tinchligi uchun san’atdan voz kechishga tayyorman
- Дата релиза: 04-04-18, 22:39
MyDay aktrisa Feruza Normatova bilan intervyu uyushtirdi. Quyida aktrisaning san’at va san’atkorlar haqidagi fikrlari, tanqidga munosabati bilan tanishishingiz mumkin.
—Ko‘proq teatrda faoliyat olib borasiz. Siz uchun spektaklda rol ijro etish qiyinroqmi yoki kinodami?
— Albatta spektaklda. Chunki tomoshabin ko‘z oldida jonli ijro. Hozir “Diydor” teatr-studiyasida rejissorimiz Bahodir Yo‘ldoshev boshchiligida “Arshin mol olon” spektaklini sahnalashtirdik. Unda ashula va raqslar jonli. Bundan tashqari, sahnamiz tomoshabinga juda yaqin. Kinoda to‘xtash mumkin, qayta dubl bor. Lekin sahnada buning imkoni yo‘q. Shunaqa paytlar bo‘ladi, hayajonlanganimizdan gapimiz yodimizdan ko‘tariladi. Bahodir Yo‘ldoshevni uslublari o‘zgacha. Avvalo har bir rolni o‘zimiz chin dildan his etib, mazza qilishimizni istaydilar, uqtiradilar.
— Diydor teatr-studiyasidagi faoliyatingiz haqida biroz gapirib bersangiz.
— O‘zbek Davlat drama teatrida ishlaganimda, 7 oy malaka oshirish maqsadida “Diydor”ga qatnaganmiz. O‘sha paytlardan shu yerga mehrim tushgan, ishlagim kelardi. Muddatimiz tugab, u yerdan kettik. Hech qancha o‘tmay, ish joyimdan bo‘shadim va shu vaqtda menga Akbarxo‘ja Rasulov telefon qilib, “Yulduzli tunlar” spektaklida rol ijro etishga taklif qildi. Juda xursand bo‘ldim. 3 oy davomida spektaklning tayyorgarlik jarayonlariga qatnashib yurdim. Suratga olish ishlari bilan ko‘p band bo‘lar edim. Bir kuni rejissorimiz meni chaqirib, menga teatr muhimroqmi yoki syomkalarmi, o‘ylab ko‘rishimni maslahat berdilar. O‘ylab ko‘rdim va shu yerda ishlashga qaror qildim. Bilasizmi, kinoda ko‘plab rol ijro qilgan bo‘lsam ham, lekin birgina “Yulduzli tunlar”da his qilganlarimni ularda tuymaganman. Bu yerga kelgan insonning umuman ketgisi kelmaydi.
— Siz uchun dramatik rollarni ijro etish qiyinroqmi yoki komedikmi?
— To‘g‘risi komediya qiyinroq. Dramada ko‘zyosh deymiz, lekin bu uncha muhimmas. Har bir insonda dard-tashvish bor. Rol ijro etayotganingizda ham o‘zingizdagi muammolarni eslaysiz, o‘shanga berilib ketasizda. Komediyada tomoshabinni holati bilan qiziqib turasiz, kulmasa o‘ylanasiz.
— Siz rol tanlashda birinchi navbatda nimaga e’tibor berasiz? Ijodiy jamoagami, ssenariygami yoki gonorarga?
— Hozirda birinchi navbatda ssenariyga, keyin ijodiy jamoa va so‘ngida gonorarga ahamiyat beraman. Avvallari farqi yo‘q edi. Yaqinda suratga tushgan “O‘gay ona”, “Fitna” seriallarining ssenariysi boshqalarnikiga qaraganda yaxshi bo‘lgani uchun rozilik bildirdim. Keyin aktyorlar jamoasi ham yaxshi tanlangan.
— Intervyularingizda har kim o‘z ishini qilsin deb ko‘p gapirasiz. Lekin o‘zingiz boshlovchilik qilasiz.
— Xalqimizda bir yigitga qirq hunar oz, degan naql bor. Bu hammaga tegishli. Aytmoqchi bo‘lganim, qaysi ishga bosh qo‘shmang, albatta mas’uliyatni his eting. Sohani hurmat qilish kerak. Suxandonlikni boshlaganimdan beri izlanaman. Tajribali suxandonlar bilan sherik bo‘lganimda, albatta, ulardan o‘rganishga harakat qilaman. Yuqoridagi aytganlarim esa o‘zi boshqa soha egasi bo‘lib, san’atga ham kirib, lekin sohani hurmat qilmaydiganlar haqida.
— Bunda aniq shaxslarni nazarda tutganmisiz?
— Albatta. Ko‘rganman, bilaman shunaqa aktrisalarni. Bir davrada o‘tirib qolganimizda, o‘zini juda zo‘r aktrisa hisoblab, dimog‘lanib ketganlarini kuzataman-da. Vaholanki, bizda qanday professional aktyor va aktrisalar bor. Bir narsani xohlayman, shu kasb orqali non yeyishyaptimi, uni hurmat qilishlari kerak. San’atni oson deb, ijroni kamsitishlarini istamayman.
—“9-raqamli bemor” filmining ssenariysini dadangiz bilan birga yozgansizlar. Shu film yaralishiga nima turtki bo‘lgan?
— Atrofda ko‘rgan-bilganlarim bunga turtki bo‘lgan. Bemorlar uchun dalda sifatida yaralishini istaganman bu kartinani. Men aytib berganlarimni, dadam qog‘ozga tushirgan. Kartina komediyaga o‘xshash janrda bo‘lib qolgan. Lekin maqsadimiz umuman boshqa edi.
— Asl maqsaddan chalg‘ishga nima sabab bo‘ldi?
— Shoshildim, shekilli. Puxta qilishim kerakmidi? To‘g‘ri, Durdona To‘laganova harakat qildilar. Ammo men ko‘rganim boshqa edi, u kinoda asl holicha chiqmadi, komediyaga tortib ketdi. Aktrisalar ham ijrolarida ko‘p improvizatsiya qilishdi. Lekin, ular ruhiy xasta bemorlarni aslida qanday ekanini ko‘rmagan-ku. Ular tasavvurlarida bu holat juda kulgili edi. Ularning dunyosi, yaqinlarining his-tuyg‘ulari umuman boshqa.
— Nimaga ijrolardan ko‘nglingiz to‘lmaganda, shartta to‘xtatib, aktrisalarga muhitni o‘z ko‘zlari bilan borib ko‘rishni taklif qilmadingiz?
— Men qilgan harakatlarimni tasavvur qilolmaysiz . Tunlarni yig‘lab o‘tkazgan vaqtlarim bo‘lgan. Jamoani bir joyga to‘plab tushuntirdim ham. Ammo, u yerda rejissor, operatorlar va aktrisalar komediya janrini tanlashganini aytib, oyoq tirab olishdi. Shu tomoshabinga qiziq ekanini aytishdi. Ko‘proq moliyaviy tomonini o‘ylashdi. Shunda dadamga telefon qilib yig‘lardim. Yupatdilar, mayli keyin boshqa ssenariy yozib, kino olamiz, dedilar. Kartinani tomoshabinlar yaxshi qabul qildi, ammo ichimdagi bo‘shliq to‘lmadi. Nasib etsa, hali bundan-da zo‘r kartinalar yaratarmiz.
— Nima deb o‘ylaysiz, turmush qurganingizdan so‘ng, ijodda qilayotgan ulkan orzularingizga birmuncha bo‘lsa-da to‘siq paydo bo‘lmaydimi?
— Albatta, paydo bo‘ladi. Har doim bir narsani xohlayman, turmush o‘rtog‘im meni kasbimni tushunsin. Lekin taqdir bu. Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. Agar ishimning qaysidir tomonlaridan voz kechish kerak bo‘lsa, oilam tinchligi uchun ikkilanmasdan voz kechaman. Baribir oila muqaddas. Mana 28 ga ham kirdim. Inson yoshi ulg‘aygan sari oila, turmush haqidagi qarashlari ham o‘zgarib borarkan. Kech turmush qurganimga yarasha oilam tinch, xavas qilarli bo‘lishini istayman. Balki san’atni tashlaysan, deb shart qo‘yilar, unda ham voz kechishim mumkin ishimdan. Ammo bu men uchun katta yo‘qotish bo‘ladi, balki armon bo‘lib qolar. Lekin meni, kasbimni tushungan inson bo‘lishini juda istardim.
— Mashhurlik siz uchun muhimmi?
— Bilasizmi, men istaymanki odamlar bizni ko‘cha-kuyda ko‘rganda hayratlanmasa. Raqs ansamblim bor. Liboslariga matolarni doim o‘zim tanlayman. Shu paytlari bozor-o’charlarga tushganda o‘zimni bemalol his qilmayman. To‘g‘ri, hali mashhurlikka erishganim yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zimni avvalgidek xotirjam his qilib, ko‘chada yurolmayman. Tadbirlar, premyeralarga tashrif buyurganizda odamlarning sizga aktrisa sifatida qarashi yoqimli, ammo ko‘cha-ko‘yda emas. Sodda, samimiy ustoz san’atkorlarga o‘xshagim keladi. Mashhurlikka o‘ch emasman. Tomoshabin meni oddiyligimcha qabul qilishini istayman. To‘g‘ri, avval biz ham tanilishni istagandirmiz.
—Ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi roli?
— Bular hayotimning 10 foizinigina aks ettirishi yoki egallashi mumkin. Ammo qolgan qismi umuman boshqa. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarni asl hayot deb o‘ylaydi. Lekin men uchun unday emas.
— Bir umr qulog‘ingiz ostida jarang sochadigan nasihat?
— Dadamning gaplari. Biror ish qilishingdan avval, meni ko‘z oldingga keltir va menga o‘sha ish yoqsa, keyin qil, deydilar. Shu gapni o‘zi yetadi menga.
— Tanqidga munosabatingiz qanday?
— Tarozi burjida bo‘lganim uchunmi, o‘zgarib turaman. Bugun bir tanqidni yaxshi qabul qilsam, ertaga ko‘tara olmasligim mumkin. Tanqid bizning sohada ko‘p uchraydi, bo‘lishi ham kerak. Chunki tanqid qilinyapsizmi, demak siz e’tibordasiz. Ba’zi tanqidlar bor juda oshirib yuborilgan bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz