FIFA reytingi: O'zbekiston 6-pog'ona pastladi
- Категории: Futbol yangiliklari
- Название: FIFA reytingi: O'zbekiston 6-pog'ona pastladi
- Дата релиза: 05-06-14, 15:41
FIFA dunyo terma jamoalarining navbatdagi reyting jadvalini e'lon qildi.
Ummonga qarshi o'tkazilgan 2ta o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan O'zbekiston milliy terma jamoasi 6 pog'ona pastga tushdi va 59-o'ringa joylashdi. Avvalgi oy reytingiga nisbatan 39 ochko yo'qotgan terma jamoamiz hisobidagi ochkolar soni 539 ballni tashkil qilmoqda.
Janubiy Koreya terma jamoasi ham yangi reytingda ochko yo'qotganiga va umumiy reytingda 2 pog'ona pasayganiga qaramay, Osiyoning 3-jamoasiga aylandi. O'zbekiston esa qit'ada 4-pog'onaga tushdi.
Eron terma jamoasi 74 ochko yo'qotgan bo'lsa-da, Osiyoning eng yaxshi jamoasi bo'lib turibdi. Forslar 641 ochko bilan 43-o'rinni egallashgan. Ulardan 3ta o'rin pastda esa Yaponiya milliy terma jamoasi bormoqda. Yaponlar bitta o'rin yuqoriga ko'tarilishdi.
Toshkentdan 2ta g'alaba bilan qaytgan Ummon jadvalda 3ta o'rin yuqoriga ko'tarildi. Osiyo kubogidagi guruhdoshlarimizdan Saudiya birdaniga 15ta o'rin pastga tushib ketdi va 90-o'rinni band etdi. Xitoy va KXDR termalari ham mos ravishda 7 va 9 o'rindan pastlashdi (103 va 146-o'rinlar). Darvoqe, OFK Chaqiruv kubogida g'olib chiqib, Osiyo kubogi-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritgan Falastin terma jamoasi birvarakayiga 71 pog'ona "sakradi" hamda 94-o'ringa chiqib oldi.
JCh-2014 boshlanishi oldidan Ispaniya terma jamoasi katta farq bilan jadvalni boshqarmoqda. Germaniya ham 2-o'rinni band etib turibdi. Braziliya esa Portugaliya bilan o'rin almashdi va 3-o'ringa chiqib turibdi. Kuchli beshlikka esa Argentina ko'tarilib oldi.