Главная » Yangiliklar » Gadjetlar bolalarni boshqa odamlarni tushunish qobiliyatidan mahrum etishi isbotlandi
Gadjetlar bolalarni boshqa odamlarni tushunish qobiliyatidan mahrum etishi isbotlandi

Gadjetlar bolalarni boshqa odamlarni tushunish qobiliyatidan mahrum etishi isbotlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Gadjetlar bolalarni boshqa odamlarni tushunish qobiliyatidan mahrum etishi isbotlandi
  • Дата релиза: 27-08-14, 22:42
Gadjetlar bolalarni boshqa odamlarni tushunish qobiliyatidan mahrum etishi isbotlandi

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti olimlari yaratilayotgan gadjetlar bolalarni boshqa odamlarning hissiyotlarini sezishdan mahrum qilayotganini aniqladi. Bu haqda Tech Times’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

 Tadqiqot muallifi Patritsiya Grinfild “Barcha inson hissiyotlarini sezish — tabiiy qobiliyat deb hisoblaydi. Biroq uning ustida ham doimiy ravishda ish olib borish kerak”, — deb qayd etdi.

 Patritsiya olib borgan tadqiqotda ishtirok etgan 51 nafar bola tabiatga olib chiqilib, ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruh bolakaylariga istalgan gadjetdan foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lsa, ikkinchisidagilarga taqiqlab qo‘yildi. Bir necha kundan so‘ng olimlar test o‘tkazib, bolalarga rasm va videoroliklardagi hissiyotlarni aniqlash vazifasini topshirdi. Gadjetlardan foydalanmagan guruh bolakaylari vazifani yaxshi bajardi. Ikkinchi guruhdagi bolalar esa boshqalarning hissiyotlarini qabul qilishga qiynaldi.

 Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kamida besh kun telefon, kompyuter va televizordan foydalanmagan bolaning ijtimoiy qobiliyatlari rivojlanadi.

 Olimlardan biri: “Agar siz hayotda ‘tirik suhbat’ qurmasangiz, tez orada insoniyat uchun eng muhim bo‘lgan ijtimoiy qobiliyatlardan mahrum bo‘lasiz”, — deb ta’kidladi

Логин:
Пароль: