Главная » Yangiliklar » Gaz ballonli avtotransport vositalari xatlovdan o'tkaziladi
Gaz ballonli avtotransport vositalari xatlovdan o'tkaziladi

Gaz ballonli avtotransport vositalari xatlovdan o'tkaziladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Gaz ballonli avtotransport vositalari xatlovdan o'tkaziladi
  • Дата релиза: 21-09-18, 21:49
Gaz ballonli avtotransport vositalari xatlovdan o'tkaziladi
Gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari, shuningdek, tabiiy gazda ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalardan bexatar foydalanishga doir shoshilinch chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu xaqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Qarorda ta`kidlanishicha, avtomobillarni gaz bilan to`ldirish kompressor stansiyalarining soni 670 taga etdi va avtotransport vositalarining 50 foizdan ortig`i muqobil yoqilg`i sifatida siqilgan tabiiy gazdan foydalanmoqda.

Shu bilan birga, avtomobillarni gaz bilan to`ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to`ldirishda, gaz balloni uskunalarining birikkan joylari zichligi va ishonchliligini davriy sinovdan o`tkazishda, shuningdek, eskirgan gaz ballonlaridan foydalanish oqibatida belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari uchramoqda.

Bu kabi qoidabuzarliklar insonlar hayoti va salomatligiga zarar etkazadigan va ko`pincha o`lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalarga sabab bo`lmoqda. Xususan, 2018 yil 18 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida “Isuzu” yo`lovchi avtobusida o`rnatilgan gaz balloni portlashi oqibatida 5 kishi halok bo`lgan, 21 kishi jarohatlangan.

Qozonxona uskunalaridan foydalanish ishonchliligini o`rganish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularni tabiiy gaz bilan ta`minlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, energiya ta`minoti va energiya samaradorligi masalalariga etarlicha e`tibor qaratilmayapti.

Avtomobillarni gaz bilan to`ldirish kompressor stansiyalari va gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarini, shuningdek, tabiiy gazda ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalarni xatlovdan o`tkazish hamda ularning ishonchliligi va xavfsizligini oshirishga doir takliflar tayyorlash bo`yicha Respublika komissiyasi tashkil etildi.

Shuningdek, qarorga muvofiq gaz ballonlari bilan jihozlangan va yo`lovchilarni tashish uchun mo`ljallangan avtobus, mikroavtobus va engil avtotransport vositalari (taksilar)ni 2018 yil 1 dekabrgacha, jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari hamda tashkilotlarning gaz ballonlari bilan jihozlangan hamda ishlab chiqarish jarayonida va yuklarni tashishda foydalaniladigan maxsus texnikasi – texnik ko`rikni o`tkazishning belgilangan muddatlarida xatlovdan o`tkazilishi belgilandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: