GM Uzbekistan avtomobillariga kafolatli xizmat ko'rsatish muddatini uzaytiradi
- Категории: Yangiliklar
- Название: GM Uzbekistan avtomobillariga kafolatli xizmat ko'rsatish muddatini uzaytiradi
- Дата релиза: 31-01-19, 17:58
“GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati ma`lum qilishicha, xaridorlarga taqdim etilayotgan mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash va xizmat ko`rsatish darajasini oshirish jamiyatning joriy yildagi ustuvor vazifalaridan biridir.
Unga ko`ra, jamiyat 2019 yilning 1 fevralidan yangi avtomobillarga kafolatli xizmat ko`rsatish muddatini uzaytiradi. Bundan asosiy maqsad esa ishlab chiqarilayotgan avtomobillar texnik holatini a`lo darajada saqlab turish va mijozlar ishonchini oshirishdir. Avvallari ushbu xizmat ko`rsatish bir yil yoki 20 000 kilometr masofani tashkil etgan bo`lsa, yangi qulaylik sabab endi ushbu muddat 3 yilga yoki 100 000 kilometr masofani o`z ichiga oladi.
Ahamiyatlisi shuki, uzaytirilgan kafolat muddati kompaniyaning rasmiy dilerlaridan 2019 yilning 1 fevralidan boshlab xarid qilinadigan avtomobillarga tatbiq etiladi. Kafolat muddati avtomobilning egasi bilan bog`liq bo`lmaydi, ya`ni ushbu davr mobaynida avtomobil egasi o`zgarsa, uning yangi egasi ham ushbu kafolat huquqidan foydalana oladi.
Avtomobildan noto`g`ri foydalanish, avariya, avtomobilning konstruksiyasi va modifikasiyasiga o`zgartirish kiritish, ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilmaydigan qo`shimcha ishlov berilishi yoki jihozlanishi tufayli nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda kafolat davri cheklanadi.
Bu jarayonda avtomobilning ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlangan nuqsoni bor qismlarini ta`mirlab berish va almashtirishni rasmiy xizmat ko`rsatish markazlari bepul amalga oshirib beradi. Buning uchun avtomobil egasidan avtomobilning ekspluatasiyasi bo`yicha barcha talablar yo`riqnomaga asosan bajarilgan bo`lishi shart.
Manba: Darakchi.uz