Главная » Yangiliklar » Google o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi
Google o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi

Google o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Google o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi
  • Дата релиза: 29-05-14, 13:42
Google o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlamoqchi

Google o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishishga tayyor, deya xabar berdi Interfax. Ushbu mashinalarda “yurish-to‘xtash” tugmasidan boshqa hech qanday boshqaruv vositasi bo‘lmaydi.

Transport vositasi ikki kishiga mo‘ljallangan. U elektr dvigateliga ega bo‘lib, tezligi soatiga 40 kilometrga teng.

Mashinaning odatda bamper joylashadigan old qismi ko‘piksimon yumshoq materialdan ishlangan, shu tufayli u yo‘lovchilar uchun xavfsizdir. Shuningdek, undagi oynalar ham egiluvchandir.

Loyiha tanqidchilarining fikricha, ixtiro avtomobil oqimining keskin ko‘payib, shaharlar kengayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Dastur boshidan buyon Google’ning o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobillari millionlab kilometr yo‘l bosib, turli ma’lumotlarni yig‘di hamda kutilgan (qizil chiroqda to‘xtash) va kutilmagan (qoidani buzib o‘tib ketish) hodisalarga reaksiya qilishni o‘rgandi.
 

Логин:
Пароль: