Granata portlashi natijasida makedoniyalik futbol ishqibozining kafti uzilib tushdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Granata portlashi natijasida makedoniyalik futbol ishqibozining kafti uzilib tushdi
- Дата релиза: 05-08-14, 16:36
Futbol bo‘yicha Makedoniya chempionatining birinchi turi doirasida “Pelister” va “Vardar” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda ishqibozlardan birining qo‘lida yorug‘lik va shovqin tarqatuvchi granata portlab ketdi. Bu haqda 101greatgoals.com xabar berdi.
Uchrashuv 3-avgust kuni o‘tkazilgan. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida “Vardar” muxlislari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keladi. To‘polonda politsiya xodimlaridan biri granatasini tushirib qo‘yadi. Uni futbol muxlisi qo‘liga oladi, shundan so‘ng granata portlab ketadi.
Natijada futbol ishqibozining kafti uzilib tushdi. Uning yaqinida turgan boshqa muxlislarga ham zarar yetdi. Makedoniya ichki ishlar vazirligi voqea ustidan tergov olib bormoqda.
O‘yin 1:0 hisobida “Vardar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Matchdan so‘ng klub vakili “agar ishqibozlarning qo‘llari uzib olinadigan bo‘lsa, bu g‘alabadan ma’no yo‘q”ligini aytdi.